Analitika

Tsunayeva: Oʻzbekistonda harbiy adabiyot boʻyicha muammolar kuzatilmoqda

© Sputnik / Aleksandr Natruskin / Fotobankka oʻtishYelena Tsunayeva, arxivnoye foto
Yelena Tsunayeva, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Markaziy Osiyoning Ikkinchi jahon urushi toʻgʻrisidagi adabiyotlarga boʻlgan ehtiyoji haqida "Rossiya oʻlmas polki" Umumrossiya jamoatchilik vatanparvar-fuqarolar harakati markaziy shtabi aʼzosi, "Rossiya qidiruv harakati" masʼul kotibi Yelena Tsunayeva gapirdi

"Rossiya segodnya" Xalqaro axborot agentligi marbuot-markazida Sputnik jurnalistlari tomonidan MDH davlatlaridagi "Oʻlmas polk" jamoatchilik harakati muvofiqlashtiruvchilari bilan videokoʻprik oʻtkazildi.

Vladimir Putin Ikkinchi Jahon urushi natijalari haqida - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Putin: kimda-kim Ikkinchi jahon urushi natijalari qayta koʻrib chiqishni istasa - marhamat!
Tadbirda "Rossiya qidiruv harakati" masʼul kotibi Yelena Moiseyeva Tsunayeva ishtirok etdi. Ayol Sputnik Tojikistonga harakatning Markaziy Osiyo mamlakatlari vakillari bilan olib borayotgan ishlari haqida soʻzlab berdi.

"Oʻzbekistonda "Oʻzbekiston xotiralar kitobi" internet-loyihasini olib borayotgan ikki nafar ajoyib ayollar bor. Ular bizning ekspeditsiyalarimizda ishtirok etishni boshladi, shu kunlarda Bryanskda oʻtgan forumda qatnashdilar", — dedi Yelena Tsunayeva.

Tsunayevaning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston va Qirgʻizistonda Markaziy Osiyodan boʻlgan askarlar haqida yozilgan harbiy adabiyotlar borasida tanqislik muammosi yuzaga kelgan.

"Ular bizga murojaat qilib ana shunday adabiyotlarni toʻplashda yordam berishni iltimos qildilar. Ular bu bilan oʻsha askarlar xotirasini abadiylashtirmoqchi. Ayollarga Tojikiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekistondan boʻlgan askarlar yodga olingan harbiy memuarlar, maqolalar kerak.

Tsunayeva shuningdek, "Rossiya qidiruv harakati"ning xuddi shunday aloqalari Tojikiston bilan yaxshi yoʻlga qoʻyilmaganligini ham qoʻshimcha qilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala