Dunyoda

"Vafelnitsa" ustiga chiqqan avtomobillar jarimaga tortiladi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishNovaya razmetka "vafelnitsa" na perekrestkax v Moskve
Novaya razmetka vafelnitsa na perekrestkax v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada bugundan boshlab yangi qoida kuchga kirdi - qizil chiroqda "vafelnitsa" ustiga chiqqan avtomobillar 1000 rubl jarima toʻlaydi

TOSHKENT, 28 apr – Sputnik. Rossiyada bugundan boshlab yangi yoʻl-harakati qoidasi kuchga kirdi. Svetoforning qizil chirogʻi yorib turgan vaqtda "vafelnitsa" chizilgan chorrahaga chiqqan haydovchilar 1000 rubl jarima toʻlaydi. Bu haqida  mahalliy OAVlar xabar bermoqda.

“28 apreldan boshlab yangi qonun kuchga kirdi. Svetoforning qizil chirogʻi yongan vaqtda avtomobil “vafelnitsa” ustida boʻlsa  - haydovchi 1000 rubl jarima toʻlaydi”, — deyilgan xabarda.

“Vafelnitsa” — vafli chiziqlari shaklida chizilgan diagonal sariq chiziqlar boʻlib, u harakat gavjum, tez-tez tirbandlik boʻlib turadigan chorrahalarda chiziladi.

Bunday chorrahalarda koʻpincha bir holatni kuzatish mumkin: harakat gavjum yoki tirbandlik vaqti, baʼzi haydovchilar yashil chiroq yonib turgan vaqtda chorrahadan oʻtib keta olmasligini  bilsa ham, chorrahaga chiqaveradi. Natijada oʻzi ham yura olmaydi, koʻndalang yoʻlda harakatlanayotgan transport yoʻlini ham toʻsib qoladi.

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishChorrahada chizilgan "Vafelnitsa"
Novaya razmetka vafelnitsa na perekrestkax v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Chorrahada chizilgan "Vafelnitsa"
“Aslida, haydovchi yashil chiroq oʻchgunicha oʻtib ketishiga ishonchi komil boʻlmasa, chorrahaga chiqmaslik kerak. Tajribali va xushmuomala haydovchilar buni yaxshi biladi. Qolganlar esa, bundan buyon oʻrganishga majbur boʻlishadi”, — deyilgan xabarda.

Ushbu qoida bilan bir vaqtda “vafelnitsa” yoʻl belgisi ham tadbiq etilmoqda. Bunday yoʻl belgilari chorrahaga yaqinlashib kelayotgan haydovchilarni 30 metr naridan ogohlantirib turadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala