O‘zbekiston Hukumati Sadriddin Ayniy uy-muzeyini ta’mirlash uchun 37 ming dollar ajratdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaBust Sadriddina Ayni naxodashiysya v yego dome-muzee, Samarkand
Bust Sadriddina Ayni naxodashiysya v yego dome-muzee, Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sadriddin Ayniy Buxoro tavallud topgan. Samarqandda yashab, ijod qilgan. U haqiqatda ikki xalq farzandi edi.

1967 yilda O‘zbekiston Hukumati tashabbusi bilan Sadriddin Ayniyning yodgorlik uy-muzeyi tashkil etilgan. Muzey ochilganidan beri uning ekspozitsiyasi ikki marta yangilangan. Oxirgi marta yaqindagina, 15-aprel kuni buyuk olimning 140-yilligi munosabati bilan uy-muzeyga Sadriddin Ayniyga tegishli bo‘lgan hujjatlar keltirildi.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
"Vaqt sinovidan o‘tgan do‘stlik: tojik va o‘zbek xalqi munosabatlari haqida film

Shuningdek, uy-muzey 2018-yil mart oyi yakunida kichik ta’mirlash ishlari uchun yopilgan. May oyining ikkinchi yarmida esa muzey 2 oyga to‘liq ta’mirlash uchun yopiladi.

Yozuvchi va davlat arbobi Ayniy faoliyati bilan yaqindan tanishish, bu uyda nimalar saqlayotganligini bilish maqsadida Sputnik muxbiri yodgorlik muzeyiga tashrif buyurdi.

Muzeyga tashrif buyuradigan odam o‘tmishga qaytgandek, hayratda qolishi tabiiy. Axir dunyo tan olgan olim hayot ijodi va o‘tmishdagi voqealar bilan yaqindan tanishish imkoniyati har doim bo‘lavermaydi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMemorialniy dom-muzey Sadriddina Ayni, gorod Samarkand
Memorialniy dom-muzey Sadriddina Ayni, gorod Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Memorialniy dom-muzey Sadriddina Ayni, gorod Samarkand

"Siz ayni vaqtda keldingiz, 15-20 kundan so‘ng muzey to‘liq ta’mirlash uchun yopiladi", — deya o‘z suhbatini boshladi muzeyda gid sifatida faoliyat yurituvchi Farida Narzullayeva.

Ta’mirlash ishlari masalasiga suhbatimiz davomida yana qaytamiz. Hozir esa zamonaviy o‘zbek va tojik adabiyoti asoschisi bo‘lgan, Tojikiston qahramoni — Sadriddin Ayniy yashab, ijod qilgan xonalarni ko‘zdan kechirishga qaror qildik.

Ikki tilda ijod qilgan yozuvchi, olim Ayniyning yodgorlik uy-muzeyi Samarqand markazida, mashhur Registon maydonining deyarli ro‘parasida joylashgan.

"Ustoz" degan mo‘tabar nomga loyiq topilgan va e’zozlangan olim Sadriddin Ayniyning Samarqandga kelib qolishi tarixiga nazar tashlaymiz. 

…Buxoroda tavallud topgan ma’rifatchi talabalik chog‘laridayoq Ahmad Donish yozgan asarlardan ta’sirlangan holda, Yevropacha uslubdagi yangi maktablarni ochish, zamonaviy o‘quv dasturlar asosida bolalarni o‘qitish kerak degan xulosaga keldi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDom muzey Sadriddina Ayni v Samarkande
Dom muzey Sadriddina Ayni v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Dom muzey Sadriddina Ayni v Samarkande

Ammo o‘sha vaqtlarda Buxoroda hukmron bo‘lgan amir erkin fikrlaydigan ma’rifatchilarni ta’qib qila boshlaydi. Shu vaqtlarda, ya’ni 1915-16 yillarda Sadriddin Ayniy Buxoroda yashirinadi.

1917 yil 9-aprelda jadidchilar qo‘zg‘oloni bo‘lgan paytda, Ayniy Buxoroda qo‘lga olinadi va 75 darra tayoq o‘rish bilan jazolanib, qamoqqa solinadi. Qo‘qon gospitalida 2 hafta davolangach, Samarqadda doimiy yashash uchun yo‘lga chiqishga qaror qiladi…

"Ustoz Sadriddin Ayniy Samarqandga kelgach, avvaliga do‘stlar va qarindoshlar uylarida yashaganlar. Bir qancha vaqtdan so‘ng, 1923-yilda mana shu uy-muzeyning, siz ko‘rib turgan o‘ng tomondagi birinchi qismini sotib oladi. (Uy ikki qismdan iborat, tahr.) 1930-yillarda esa O‘zbekiston Hukumati Sadriddin Ayningning shaxsan o‘zi tuzgan loyihasi asosida uyning mana shu, chap tomondagi qismini pishiq g‘ishtdan qurib beradi. Hukumat bu bilan olimga u ijod qilishi uchun zarur sharoitlarni yaratib bergan edi", — deydi Farida Narzullayeva.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaRabochiy kabinet Sadriddina Ayni
Rabochiy kabinet Sadriddina Ayni - Sputnik O‘zbekiston
Rabochiy kabinet Sadriddina Ayni

Samarqandlik ilm ahli Ayniy kelishini juda katta xursandchilik bilan qarshi olishadi. Ayniy yangicha uslubdagi maktablarni ochish borasida o‘zbek va tojik ma’rifatchilari bilan faol ish boshlaydi. U vaqtda O‘zbekiston va Tojikiston poytaxti Samarqand shahri bo‘lgan, Ayniy Samarqanddagi tojik nashriyotida ish faoliyat olib boradi.

Sovet hokimiyatining ilk davrlarida, Tojikiston hali shakllanmagan paytda, tojiklarning millat sifatida mavjudligini inkor etgan kuchlar paydo bo‘ladi.

Sadriddin Ayniy o‘zining "Tojik adabiyotidan namunalar" nomli kitobi bilan bu bahslarga yakun yasaydi. Bu kitobni u Samarqandda yozadi. Mana shu asari uchun Ayniyga birinchilardan bo‘lib Tojikiston Qahramoni unvoni beriladi.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKomnata dlya otdixa, muzey Sadriddina Ayni, gorod Samarkand
Komnata dlya otdixa, muzey Sadriddina Ayni, gorod Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Komnata dlya otdixa, muzey Sadriddina Ayni, gorod Samarkand

Ayniy ijod qilgan xona odmi, ortiqcha narsaning o‘zi yo‘q — taxtali stol, lampa, telefon, shuningdek, kitob javoni va divan qo‘yilgan…

Bunday kamtarona jihozlangan xonada mutafakkir tojik va o‘zbek tillari yozilgan asarlari ustida ish olib boradi.

Aynan shu yerda uning "Odina", "Qul bobo", "Eski maktab", "Sudxo‘rning o‘limi" qissalari, "Doxunda" va "Qullar" romanlarini yozadi. 1936-yilda yozilgan "Sudxo‘rning o‘limi" asari katta shuhrat keltiradi. Ushbu asarida Ayniy Buxorodagi feodal tizimni qoralagan.

Farida Narzullayeva so‘zlariga ko‘ra, shu yerda Ayniy mashhur davlat arboblari — Fayzulla Xo‘jayev, Yo‘ldosh Oxunboboyev va boshqalar bilan uchrashgan. Shuningdek, o‘zbek shoirasi Zulfiya va O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi Markaziy ko‘mitasi birinchi kotibi Sharof Rashidov ham ushbu xonadonda mehmon bo‘lishgan. Xona devorida osig‘lik suratlar bu haqda "so‘zlab" turishibdi…

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDom-muzey Sadriddina Ayni
Dom-muzey Sadriddina Ayni - Sputnik O‘zbekiston
Dom-muzey Sadriddina Ayni

Tojikistondan ham mehmonlar kelishadimi, savol beraman gidga. "Albatta, O‘zbekiston-Tojikiston chegarasi ochilgandan keyin bir oy ichida juda ziyoratchi, sayyohlar juda ko‘p bo‘ldi. Haligacha ularning keti uzilgani yo‘q..", — degan javobni olaman.

"Tojikiston istiqlolining 10-yilligiga bu kishiga Tojikiston qahramoni unvoni berilgan. Shuning uchun ham u yerdan institut va universitet talabalari, hattoki oddiy aholi ham bu kishining uylari, yashagan joylarini ko‘rishga kelishayapti", — davom ettiradi muzey xodimasi.

Farida Narzullayevaning so‘zlariga ko‘ra, joriy yil 15-aprel kuni mana shu uy-muzeyda ustoz Ayniyning 140-yillik yubileylari katta tantana tarzida nishonlangan. "Mana shu yubiley munosabati bilan uy-muzeyda qo‘shimcha ekspozitsiyalar ochildi, mana bu qo‘lozma, kitoblar, ustozga tegishli shaxsiy hujjatlar shular jumlasidan", — deydi Farida Narzullayeva.

Suhbat davomida ayol muzeyni ta’mirlash uchun O‘zbekiston hukumati tomonidan 300 million so‘m (37 ming dollar, tahr.) mablag‘ ajratilganligini ma’lum qildi. "Muzey to‘liq ta’mirdan chiqariladi, tartibga keltiriladi, obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Konsepsiya ishlab chiqilgan. Yodgorlik majmui tanib bo‘lmas darajada o‘zgaradi, chiroy ochadi", — deydi Farida opa.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDom-muzey Sadriddina Ayni, gorod Samarkand
Dom-muzey Sadriddina Ayni, gorod Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Dom-muzey Sadriddina Ayni, gorod Samarkand

Sadriddin Ayniy ushbu uyda 1954-yil may oyigacha yashab, ijod qilgan. Shundan so‘ng og‘ir xastalikka chalinib, davolanish uchun Tojikistonga borishga majbur bo‘lgan. Dushanbeda ikki oy yashab, 15-iyulda vafot etgan. Sadriddin Ayniy Dushanbeda, Ayniy nomidagi bog‘da dafn etilgan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPoxoronniy protsess, v Dushanbe proshayutsya s velikim umom chelovechestva Sadriddinom Ayni
Poxoronniy protsess, v Dushanbe proshayutsya s velikim umom chelovechestva Sadriddinom Ayni - Sputnik O‘zbekiston
Poxoronniy protsess, v Dushanbe proshayutsya s velikim umom chelovechestva Sadriddinom Ayni

Tojikistonda vaqti Ayniy umuman ijodga qo‘l urmagan ekan, u kishidan buning sababini so‘rashganida: "Men Samarqandga qaytishim kerak. O‘zimning yozuv stolimga o‘tirib, qalamimni siyohdonimga botirsam, shunda men yangi asar yoza olaman", — deb aytgan ekan Ayniy o‘z yaqinlariga…

Bugungi kunda davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Aynan Sadriddiy Ayniy singari buyuk ijodkorlar ikki davlat xalqlari birlashishida o‘z hissalarini qo‘shganlar.

Yangiliklar lentasi
0