Jamiyat

Samarqand viloyat xotin-qizlar qoʻmitasiga yangi rais saylandi

© © Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov.Kreslo rukovoditelya
Kreslo rukovoditelya - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etgan majlisda tashkiliy masala koʻrildi.

TOSHKENT, 28 apr — Sputnik. Samarqand viloyat xotin-qizlar qoʻmitasi boshqaruvining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Samarqand viloyat axborot xizmati.

Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyeva ishtirok etgan majlisda tashkiliy masala koʻrildi.

Marhabo Gʻafurova oʻz arizasiga koʻra Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi vazifasidan ozod etildi.

Shu paytgacha Kattaqoʻrgʻon shahar Xalq qabulxonasi mudiri vazifasida ishlab kelayotgan Shodiyeva Hamrotosh Normurodovna Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi vazifasini bajaruvchi etib saylandi.

Shodiyeva Hamrotosh Normurodovna 1959 yil 17 sentyabrda Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti — oliy. Respublika rus tili va adabiyoti pedagogika institutini tamomlagan. 2014 yilda buyon xalq deputatlari Samarqand viloyati va Kattaqoʻrgʻon shahar kengashlari deputati. 2007 yilda "Mehnat shuhrati" ordeni bilan taqdirlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala