O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi savdo aylanmasini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi

Obuna bo‘lish
Qozog‘iston tomoni fikriga ko‘ra, hamkorlikning yangi pog‘onasiga chiqish uchun davlatlar Orol muammosini birgalikda hal qilish bo‘yicha ishlarni tashkil qilishlari zarur.

TOShKENT, 28 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston tashqi savdo aylanmasini 5 milliard dollarga yetkazmoqchi. Bu haqda Qozog‘istondagi O‘zbekiston elchixona maslahatchisi Timur Raximov "MIR 24" telekanaliga bergan intervyuda ma’lum qildi.

Raximov so‘zlariga ko‘ra, ekologiya jihatidan murakkab bo‘lgan hududlar, jumladan Orol dengizi muammosini hal qilish bo‘yicha loyihalar evaziga hamkorlikning yangi pog‘onasiga chiqish mumkin.

Ostonada mart oyida o‘tkazilgan yig‘ilishda tomonlar 2018-yilda tashqi savdo aylanmasini 3 milliard dollarga yetkazishga kelishib olindi.

Yangiliklar lentasi
0