O‘zbekiston Afg‘onistonga 121ta reanimatsiya avtomobillari yetkazib beradi

Isuzu reanimatsiya avtomobillari
Isuzu reanimatsiya avtomobillari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zavtosanoateksport 12 avtomobildan iborat birinchi partiya Isuzu reanimatsiya avtomobillarini shanba kuni Afg‘oniston vakillariga topshirdi.

TOShKENT, 29 apr — Sputnik. O‘zbekiston Afg‘onistonga umumiy qiymati 5,7 million dollar bo‘lgan 121 dona reanimatsiya avtomobillari yetkazib beradi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

O‘zavtosanoateksport AJ O‘zbekiston-Afg‘oniston savdo uyi bilan birgalikda shanba kuni 12 ta Isuzu avtomobillarini Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirdi.

"Ushbu avtomobillar Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan. Ularni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma o‘tgan yilning dekabrida imzolangan edi. Barcha avtomobillar 2018-yil davomida yetkazib berish rejalashtirilgan", — deyilgan Tashqi savdo vazirligi xabarida.  

Eslatib o‘tamiz 2018-yilning yanvar oyida O‘zbekiston Afg‘onistonga 25 ta Isuzu avtobuslari uchta New Holland traktorlari va boshqa texnika yetkazib bergan edi.

 O‘zbekiston va Afg‘oniston orasida ikki tomonlama aloqalar rivojlanib va tobora kengayib bormoqda. 2017-yil yakunlariga ko‘ra o‘zro savdo hajmi 15%ga o‘sgan edi. 2018-yilning boshida ushbu ko‘rsatgich, yillik  hisobda yana 30 %ga o‘sish namoyish qildi.

Yangiliklar lentasi
0