Siyosat

Mirziyoyev Erdoʻgʻonga: Oʻzbekistonning eshiklari sizlar kabi yaqin qardoshlarimiz uchun doimo ochiq

© Pool Photo via APPrezidentы Uzbekistana i Turtsii Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan
Prezidentы Uzbekistana i Turtsii Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
"Biz Turkiya Respublikasiga ulkan siyosiy, iqtisodiy va harbiy salohiyatga ega boʻlgan, xalqaro maydonda obroʻ-eʼtibori tobora ortib borayotgan yirik davlat sifatida qaraymiz. Ota yurtingiz - Oʻzbekistonning eshiklari sizlar kabi yaqin qardoshlarimiz uchun doimo ochiq", dedi Mirziyoyev

TOSHKENT, 1 may — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koʻk-saroyda boʻlib oʻtgan OAV vakillari ishtirokidagi brifingda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida Strategik sheriklik oliy kengashi tuziladi, deya maʼlum qildi.

"Muzokaralar xalqlarimiz oʻrtasidagi azaliy doʻstlik va qardoshlik anʼanalariga mos holda, ochiq, sermazmun va samarali boʻldi. Hamkorligimizning bugungi holati xolisona baholanib, uning ustuvor yoʻnalishlari va istiqboldagi vazifalari aniq belgilab olindi. Ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik sheriklik oliy kengashi tuzish boʻyicha kelishuvga erishildi", dedi Mirziyoyev.

Prezidentы Uzbekistana i Turtsii - Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasida 20 dan ortiq hujjat imzolandi
Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Islom hamkorlik tashkiloti doirasidagi aloqalarni mustahkamlash boʻyicha tomonlarning yondashuvlari oʻxshash va mushtarak ekani taʼkidlandi.

"Biz Turkiya Respublikasiga ulkan siyosiy, iqtisodiy va harbiy salohiyatga ega boʻlgan, xalqaro maydonda obroʻ-eʼtibori tobora ortib borayotgan yirik davlat sifatida qaraymiz. Ota yurtingiz — Oʻzbekistonning eshiklari sizlar kabi yaqin qardoshlarimiz uchun doimo ochiq", dedi Mirziyoyev.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdogʻon muzokaralar oʻzaro anglashuv, manfaatdorlik va ishonch asosida oʻtganini, Turkiya va Oʻzbekiston hamkorligi yanada mustahkamlanib, strategik darajaga koʻtarilganini taʼkidladi. Koʻlami va ahamiyati katta boʻlgan kelishuvlarga erishilganidan, ertaga Buxorodagi muborak qadamjolarni ziyorat qilajagidan baxtiyor ekanini bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0