Siyosat

Oʻzbekiston parlamenti tarixida birinchi marta "hukumat soati" oʻtkazildi

© senat.uzPlenarnoye zasedaniye Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
Plenarnoye zasedaniye Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Tadbir davomida hukumat vakillari deputatlar tomonidan qoʻyilgan masalalar yuzasidan maʼlumot bergan

TOSHKENT, 1 may — Sputnik. Bugun, 1 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida "hukumat soati" oʻtkazildi. Mazkur amaliyot milliy parlament tarixida ilk bor tashkil etildi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Axborot xizmati.

Plenarnoye zasedaniye Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
DXX, toʻylar va soliq: Oliy Majlis senati 14 yalpi majlisni chaqirmoqda

"Hukumat soati"ga respublika aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlanishida hamda ichimlik suvini tejamkorlik bilan ishlatishda olib borilayotgan ishlar, shuningdek, aholini va tibbiyot muassasalarini arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash, ayniqsa, joylarda ijtimoiy dorixonalarni tashkil etish holatlari toʻgʻrisidagi masalalar kiritilgan.

Ushbu masalalar yuzasidan deputatlarga axborot va ularning savollariga atroflicha javob berishlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish hamda Sogʻliqni saqlash vazirliklari mutasaddi rahbarlari taklif etilgan.

Tadbir davomida hukumat vakillari deputatlar tomonidan qoʻyilgan masalalar yuzasidan maʼlumot bergan.

Tadbir soʻngida Qonunchilik palatasi qoʻmitalariga ushbu sohalardagi amaldagi qonun hujjatlarini va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish tavsiya etilgan, shu bilan birga mazkur yoʻnalishdagi ishlar yuzasidan samarali parlament nazoratini taʼminlashga kelishib olingan.

Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Parlament, senator yoki deputat soʻroviga javob bermagan mansabdorlar jarima toʻlaydi

Maʼlumot uchun, "Hukumat soati"ni oʻtkazish anʼanasi Vestminster tizimiga borib taqaladi, ammo keyinchalik butun dunyoda keng ommalashgan.

Misol uchun Yaponiya parlamentida ilk bor bunday amaliyot 1999 yilning 10 noyabrida qoʻllanilgan. Oʻshanda tadbirga taklif etilgan Yaponiya Bosh vaziri Keydzo Obutiga berilgan savol "Siz nonushtaga nima yedingiz", tarzida jarang topgan.

Finlyandii har hafta oʻtkaziladigan "Hukumat soati" toʻgʻridan-toʻgʻri efirda berib boriladi.

Yangiliklar lentasi
0