Siyosat

Abdulaziz Kamilov Dushanbega tashrif buyuradi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Mediabankka oʻtishMinistr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kamilov "Terrorizm va zoʻravon ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisida"gi yuqori darajadagi xalqaro konferentsiyada ishtirok etadi.

TOSHKENT, 1 may — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov terrorizmga qarshi kurash masalalari boʻyicha xalqaro konferentsiyada ishtirok etish uchun Tojikistonga boradi.

Bu haqda Sputnik Tojikiston Tojikiston telegraf agentligiga asoslangan holda xabar qildi.

"Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 3-4 may kunlari Dushanbega tashrif buyuradi. U "Terrorizm va zoʻravon ekstremizmga qarshi kurash toʻgʻrisida"gi yuqori darajadagi xalqaro konferentsiyada ishtirok etadi", — deyilgan xabarda.

Dushanba konferentsiyasida 400 nafardan ortiq mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda: dunyoning 50 ta davlatlardan sohaviy vazirlik va idora xodimlari, shuningdek 30 ta xalqaro tashkilotlar va institutlar.

Konferentsiya qatnashchilari oldida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon chiqish qilishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0