Jamiyat

Mirziyoyev va Erdoʻgʻon Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Redjep Tayip Erdogan osmotreli arxitekturnыe pamyatniki Buxarы
Shavkat Mirziyoyev i Redjep Tayip Erdogan osmotreli arxitekturnыe pamyatniki Buxarы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Turkiya prezidenti Oʻzbekiston buyuk allomalar yurti ekanini, oʻzbek xalqining tarixi va maʼnaviyatiga hurmati balandligini taʼkidladi.

TOSHKENT, 1 may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev va Rajab Tayyip Erdoʻgʻon Buxoroga tashrifi avvalida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildilar. Qurʼon tilovat qilindi.

Prezidentы Uzbekistana i Turtsii Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Erdoʻgʻonga: Oʻzbekistonning eshiklari sizlar kabi yaqin qardoshlarimiz uchun doimo ochiq

"Oʻzbek va turk xalqlarining dini, maʼnaviy qadriyatlari bir. Yurtimizda yashagan avliyo va allomalar Turkiyada ham eʼzozlanadi. Buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshband ana shunday siymolardan biridir.

Oliy martabali mehmonga uning hayoti, islom dini rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi, "Koʻngling Allohda, qoʻling mehnatda boʻlsin" degan gʻoyaning mazmun-mohiyati haqida soʻzlab berildi. Mustaqillik yillarida bu maskan yurtdoshlarimiz va xorijiy sayyohlar koʻp keladigan ziyoratgohga aylandi, "- deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.

© Press slujba prezidenta Respubliki UzbekistanMirziyoyev i Erdogan posetili mavzoley Baxouddina Nakshbanda
Mirziyoyev i Erdogan posetili mavzoley Baxouddina Nakshbanda - Sputnik Oʻzbekiston
Mirziyoyev i Erdogan posetili mavzoley Baxouddina Nakshbanda

Turkiya prezidenti Oʻzbekiston buyuk allomalar yurti ekanini, oʻzbek xalqining tarixi va maʼnaviyatiga hurmati balandligini taʼkidladi.

Ziyorat turkiyalik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Yangiliklar lentasi
0