Jamiyat

Ibrat maktabini bitirgan yoshlar oliy oʻquv yurtiga imtihonsiz kiradi

© Press slujba prezidenta UzbekistanaMolodej, zakonchivshaya shkolu Ibrata, budet prinimatsya v vuzы bez ekzamenov
Molodej, zakonchivshaya shkolu Ibrata, budet prinimatsya v vuzы bez ekzamenov - Sputnik Oʻzbekiston
Maktabda ingliz, nemis, frantsuz, rus, arab, xitoy, koreys tillari filologiyasi oʻqitiladi.

TOSHKENT, 3 may – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Ibrat maktabini aʼlo baholarga bitirgan oʻgʻil-qizlarni oliy oʻquv yurtlariga imtihonsiz qabul qilish va grant asosida oʻqitish boʻyicha topshiriq berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Shavkat Mirziyoyev 3 may kuni Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi Ishoqxon Ibrat majmuasiga tashrif buyurdi.

Ikki gektardan ziyod maydonni egallagan ushbu majmua soʻlim bogʻ, muzey va maktab-internatni oʻz ichiga olgan boʻlib, mazkur majmua davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan, 2017 yil iyul oyidagi tashrif chogʻida ham bu yerdagi qurilish ishlari koʻzdan kechirilgan edi.

© Press slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev 3 maya posetil kompleks imeni Isxokxona Ibrata
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 maya posetil kompleks imeni Isxokxona Ibrata  - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 maya posetil kompleks imeni Isxokxona Ibrata

Shavkat Mirziyoyev Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internatni kirib koʻrdi. Davlat rahbari maktab har tomonlama namunali boʻlishi, bir nechta xorijiy tillarni bilgan zamonaviy kadrlarni tarbiyalashi zarurligini taʼkidladi.

“Til bilish bu — boylik. Til bilgan inson dunyoni biladi, hech qachon kam boʻlmaydi. Ota-bobolarimiz shunday boʻlgan, bu bizning qonimizda bor. Yoshlarimizda shunday intilishni uygʻotishimiz kerak”, — dedi prezident.

Xorijiy tillar boʻyicha ilmiy ishlar qilish, til oʻrgatish metodologiyasini takomillashtirish, maktab-internatda darslarni shu asosda olib borish kerakligi qayd etildi.

Maktabda ingliz, nemis, frantsuz, rus, arab, xitoy, koreys tillari filologiyasi oʻqitiladi. Oʻzbekiston Davlat jahon tillari universiteti, Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent Davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi. Dars jarayoniga chet ellik koʻngillilar ham jalb etiladi.

© Press slujba prezidenta UzbekistanaMolodej, zakonchivshaya shkolu Ibrata, budet prinimatsya v vuzы bez ekzamenov
Molodej, zakonchivshaya shkolu Ibrata, budet prinimatsya v vuzы bez ekzamenov - Sputnik Oʻzbekiston
Molodej, zakonchivshaya shkolu Ibrata, budet prinimatsya v vuzы bez ekzamenov

Prezident Ibrat maktabini aʼlo baholarga bitirgan oʻgʻil-qizlarni oliy oʻquv yurtlariga imtihonsiz qabul qilish va grant asosida oʻqitish boʻyicha topshiriq berdi.

“Ibrat maktabi nafaqat Namangan viloyati, balki butun mamlakatimizga xizmat qilishi kerak. Bu yerdagi sharoitlarni, oʻquvchilarning bilimini koʻrib, hamma ota-onalar havas qilsin. Xohlasa, yoshlar boshqa viloyatlardan kelib oʻqisin”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Maʼlumot uchun, Ishoqxon Ibrat dunyoviy bilimlarni chuqur oʻrgangan ziyoli boʻlgan, yettita tilni bilgan. “Olti tilli lugʻat”, “Xatlar majmui”, “Tarixi Fargʻona”, “Tarixi madaniyat”, “Zamon tarozusi" kabi oʻndan ortiq ilmiy-tarixiy hamda maʼrifiy asarlar yaratgan. 1886 yilda zamonaviy maktab ochgan. 1907 yilda esa  yangi “usuli savtiya” maktabini tashkil etib, qishloq bolalarini oʻqitgan.

Ishoqxon Ibrat 1908 yil Orenburg shahridan litografik mashina sotib olib, oʻz hovlisida “Ishoqiya bosmaxonasi”ni tashkil qilgan. Bu bosmaxona oʻtgan asrning 60-yillarigacha faoliyat koʻrsatib kelgan va u yerda oʻtgan davr mobaynida bir qator ilmiy-maʼrifiy kitob va risolalar, milliy gazetalar chop etilgan.

Shavkat Mirziyoyev Ishoqxon Ibrat muzeyi bilan tanishdi hamda Namangan viloyati ziyolilari bilan suhbatlashdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala