Ibrat maktabini bitirgan yoshlar oliy o‘quv yurtiga imtihonsiz kiradi

© Press slujba prezidenta UzbekistanaMolodej, zakonchivshaya shkolu Ibrata, budet prinimatsya v vuzi bez ekzamenov
Molodej, zakonchivshaya shkolu Ibrata, budet prinimatsya v vuzi bez ekzamenov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maktabda ingliz, nemis, fransuz, rus, arab, xitoy, koreys tillari filologiyasi o‘qitiladi.

TOShKENT, 3-may – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Ibrat maktabini a’lo baholarga bitirgan o‘g‘il-qizlarni oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz qabul qilish va grant asosida o‘qitish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, Shavkat Mirziyoyev 3-may kuni To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Ishoqxon Ibrat majmuasiga tashrif buyurdi.

Ikki gektardan ziyod maydonni egallagan ushbu majmua so‘lim bog‘, muzey va maktab-internatni o‘z ichiga olgan bo‘lib, mazkur majmua davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilgan, 2017-yil iyul oyidagi tashrif chog‘ida ham bu yerdagi qurilish ishlari ko‘zdan kechirilgan edi.

© Press slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev 3-maya posetil kompleks imeni Isxokxona Ibrata
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-maya posetil kompleks imeni Isxokxona Ibrata  - Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev 3-maya posetil kompleks imeni Isxokxona Ibrata

Shavkat Mirziyoyev Ishoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internatni kirib ko‘rdi. Davlat rahbari maktab har tomonlama namunali bo‘lishi, bir nechta xorijiy tillarni bilgan zamonaviy kadrlarni tarbiyalashi zarurligini ta’kidladi.

“Til bilish bu — boylik. Til bilgan inson dunyoni biladi, hech qachon kam bo‘lmaydi. Ota-bobolarimiz shunday bo‘lgan, bu bizning qonimizda bor. Yoshlarimizda shunday intilishni uyg‘otishimiz kerak”, — dedi prezident.

Xorijiy tillar bo‘yicha ilmiy ishlar qilish, til o‘rgatish metodologiyasini takomillashtirish, maktab-internatda darslarni shu asosda olib borish kerakligi qayd etildi.

Maktabda ingliz, nemis, fransuz, rus, arab, xitoy, koreys tillari filologiyasi o‘qitiladi. O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Dars jarayoniga chet ellik ko‘ngillilar ham jalb etiladi.

© Press slujba prezidenta UzbekistanaMolodej, zakonchivshaya shkolu Ibrata, budet prinimatsya v vuzi bez ekzamenov
Molodej, zakonchivshaya shkolu Ibrata, budet prinimatsya v vuzi bez ekzamenov - Sputnik O‘zbekiston
Molodej, zakonchivshaya shkolu Ibrata, budet prinimatsya v vuzi bez ekzamenov

Prezident Ibrat maktabini a’lo baholarga bitirgan o‘g‘il-qizlarni oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz qabul qilish va grant asosida o‘qitish bo‘yicha topshiriq berdi.

“Ibrat maktabi nafaqat Namangan viloyati, balki butun mamlakatimizga xizmat qilishi kerak. Bu yerdagi sharoitlarni, o‘quvchilarning bilimini ko‘rib, hamma ota-onalar havas qilsin. Xohlasa, yoshlar boshqa viloyatlardan kelib o‘qisin”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumot uchun, Ishoqxon Ibrat dunyoviy bilimlarni chuqur o‘rgangan ziyoli bo‘lgan, yettita tilni bilgan. “Olti tilli lug‘at”, “Xatlar majmui”, “Tarixi Farg‘ona”, “Tarixi madaniyat”, “Zamon tarozusi" kabi o‘ndan ortiq ilmiy-tarixiy hamda ma’rifiy asarlar yaratgan. 1886-yilda zamonaviy maktab ochgan. 1907-yilda esa  yangi “usuli savtiya” maktabini tashkil etib, qishloq bolalarini o‘qitgan.

Ishoqxon Ibrat 1908-yil Orenburg shahridan litografik mashina sotib olib, o‘z hovlisida “Ishoqiya bosmaxonasi”ni tashkil qilgan. Bu bosmaxona o‘tgan asrning 60-yillarigacha faoliyat ko‘rsatib kelgan va u yerda o‘tgan davr mobaynida bir qator ilmiy-ma’rifiy kitob va risolalar, milliy gazetalar chop etilgan.

Shavkat Mirziyoyev Ishoqxon Ibrat muzeyi bilan tanishdi hamda Namangan viloyati ziyolilari bilan suhbatlashdi.

Yangiliklar lentasi
0