Hodisalar

Qozogʻistonda yuk mashinasi va avtobus toʻqnashuvi oqibatida ikki oʻzbekistonlik halok boʻldi

© GU MVD RF po Samarskoy oblastiAvariya s uchastiyem 14 transportnыx yedinits na 967 kilometre federalnoy avtodorogi M-5 Ural na territorii goroda Jigulevska Samarskoy oblasti
Avariya s uchastiyem 14 transportnыx yedinits na 967 kilometre federalnoy avtodorogi M-5 Ural na territorii goroda Jigulevska Samarskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston
Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirliklari Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchixonasi bilan birgalikda vafot etganlarning jasadlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish boʻyicha tashkiliy tadbirlar rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 3 may – Sputnik. Qozogʻistonning Gʻarbiy-Qozogʻiston viloyati, Akjaik tumani, Lbiyensk qishlogʻi hududidan oʻtuvchi “Uralsk – Atirau” avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan YTHda ikki nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻldi. Bu haqda Qozogʻiston IIV Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasiga asoslanib Oʻzbekiston FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Znak avariynoy ostanovki - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Stavropol oʻlkasidagi YTHda toʻrt nafar oʻzbekistonlik qurbon boʻldi

Xabarda aytilishicha, 2 may kuni soat 02:39 larda “MAN” rusumli yuk avtomobili bilan “Setra” rusumli avtobus (avtobusda yoʻlovchilar boʻlmagan) toʻqnashgan. Hodisa oqibatida yuk avtomobili haydovchisi, 1978 yilda tugʻilgan Olim Nematov (Buxoro viloyati, Gʻijduvon tumani, Furqat koʻchasida yashagan) va avtobus haydovchisi, 1975 yilda tugʻilgan Farid Gafurov Farid (birlamchi maʼlumotga koʻra, Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashagan) halok boʻlgan.

“Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirliklari birgalikda vafot etgan fuqarolar boʻyicha maʼlumot ularning yaqin qarindoshlariga  yetkazildi”, — deyiladi xabarda.

Bildirilishicha, Favqulodda vaziyatlar va Ichki ishlar vazirliklari Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi elchixonasi bilan birgalikda vafot etganlarning jasadlarini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish boʻyicha tashkiliy tadbirlar  rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala