Dunyoda

Gʻofur Rahimov AQSH sanktsiyalar roʻyxatidan oʻz nomi olib tashlanishiga erishmoqchi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishFlag Soyedinennыx Shtatov Ameriki.
Flag Soyedinennыx Shtatov Ameriki. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Gʻofur Rahimov uyushgan jinoiy guruhlar bilan hech qachon aloqada boʻlmaganini bildirdi.

TOSHKENT, 3 may – Sputnik. Oʻzbekistonlik biznesmen va Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasining vaqtinchalik prezidenti Gʻofur Rahimov AQSH sanktsiyalar roʻyxatidan oʻz nomi olib tashlanishiga erishmoqchi. Assotsiatsiya saytida Rahimovning bu boradagi bayonoti eʼlon qilindi.

Prezident AIBA posetil v detskiy trenirovochnыy tsentr po boksu - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
AIBA oʻzbekistonlik yosh bokschilarga sport jihozlari hadya qildi

Unda bildirilishicha, Gʻofur Rahimov Vashington va Londondagi advokatlariga AQSH Gʻaznasining xorijiy aktivlarni boshqarish boʻyicha idorasiga (OFAC) "Maxsus belgilangan fuqarolar roʻyxati"dan oʻz nomini oldirib tashlash uchun murojaatnoma yuborish toʻgʻrisida koʻrsatma bergan.

"Bu janob Rahimovning oʻz nomi va obroʻsini ommaviy axborot vositalaridagi asossiz ayblovlardan tozalashga qaratilgan dadil qadamlaridan biri", — deyiladi assotsiatsiya press-relizida.

Gʻofur Rahimov bayonotida uyushgan jinoiy guruhlar bilan hech qachon aloqada boʻlmaganini bildirdi.

"Men hech qachon hech qanday uyushgan jinoiy guruh bilan aloqador boʻlmaganman va dunyoning hech bir yurisdiktsiyasi tomonidan hech qachon hech qanday jinoyatlarda ayblanmaganman. AQSH Gʻaznasining bosimi davom etayotgan boʻlsa-da, men AIBA boshqaruvi va moliyaviy barqarorligini tiklash boʻyicha harakatlarimni davom ettiraman. Men boksni yaxshi koʻraman. AIBA har qanday chorlovlar ustidan gʻalabaga erishadi va menga nisbatan asossiz ayblovlarga qaramasdan, hayotimni sportga bagʻishlashda davom etaman", — deyiladi bayonotda.

Gʻofur Rahimov yanvar oyida AIBA vaqtinchalik prezidenti etib tayinlangan. Tashkilot prezidenti Ching-Kuo Vu oʻtgan yilning noyabrida isteʼfoga chiqqandi.

Rahimov 1998 yildan buyon AIBA ijroqoʻmi aʼzosi hisoblanadi. 2002 yilda ushbu tashkilot vitse-prezidenti, 2006 yildan ijrochi vitse-prezidenti lavozimida faoliyat olib borgan. 2010 yilda u Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti etib saylangan.

Yangiliklar lentasi
0