TOSHKENT, 3 may — Sputnik. Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatning shimoliy va janubiy qismi oʻrtasidagi qarama-qarshilik masalasini sunʼiy ravishda avj oldirayotganlarga nisbatan chora koʻrishi haqida bayonot qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirgʻiziston nashri.
Issiq-Koʻl viloyati Tons tumani aholisi bilan uchrashuv chogʻida, Qrigʻiziston prezidenti soʻnggi vaqtlarda goʻyoki u mamlakatda hukumatni "klanlashtirishga" harakat qilayotgani toʻgʻrisida fikrlarni jamoatchilik orasida tarqatishga harakat kuchaygani haqida aytib oʻtgan.
"Shunday odamlar borki, ular boʻlar-boʻlmasga shimol va janub mavzusini koʻtaradilar. Ular shu tariqa xalq birdamligiga putur yetkazadilar. Biz kim fitna bilan shugʻullanayotganini koʻrib turibmiz va choralar koʻramiz", — deb taʼkidlagan Jeenbekov.
Qirgʻiziston rahbari hech qachon fuqarolarni millati, ijtimoiy mavqei yoki diniy "kelib chiqishi"ga qarab ajratmaganligini ham qoʻshimcha qilgan.