Jamiyat

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi tovar almashish hajmi bu yil 6 mlrd dollarga yetishi mumkin

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Fotobankka oʻtishPunkt tamojennogo oformleniya na granitse
Punkt tamojennogo oformleniya na granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Elchi 2018 yildagi ustuvor vazifalardan biri oʻzaro munosabatlarda mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish ekanligini qayd etdi.

TOSHKENT, 3 may – Sputnik. Bu yil Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi tovar almashish hajmini 2017 yildagi 5 milliard dollardan 6 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilmoqda, dedi Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi Bahrom Ashrafxonov "Xalq soʻzi" gazetasiga bergan intervyusida.

"2018 yilgi rejalarimizning barchasi prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar, vazifalar va koʻrsatmalarga asoslangan. Bu yil oʻzaro savdo hajmini olti milliard dollarga yetkazish ana shu vazifalar qatoridan oʻrin olgan", — dedi Ashrafxonov.

Elchi 2018 yildagi ustuvor vazifalardan biri oʻzaro munosabatlarda mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish ekanligini qayd etdi. Rossiyaning oʻn hududiga Oʻzbekiston viloyatlari vakillarining tashriflarini hamda Rossiyaning sakkiz hududi vakillarining javob tashriflarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Transportno-logisticheskiy kompleks - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Rossiya eksport markazining Toshkentdagi vakolatxonasi shu oyda ochilishi mumkin

"Shu bilan birga Oʻzbekistondagi muqaddas qadamjolarga tashriflarni amalga oshirishga bagʻishlangan ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha ish olib borish va Tataristonda Oʻzbekiston Respublikasi kunlarini oʻtkazish koʻzda tutilgan", — dedi elchi.

Ashrafxonov Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 4-5 aprel kunlari Rossiyaga qilgan davlat tashrifi yakunida ikki tomonlama 50 dan ziyod shartnoma va boshqa hujjatlar imzolangani, savdo-iqtisodiy kelishuvlarning umumiy hajmi 16 milliard dollardan oshganligini eslatib oʻtdi. Erishilgan kelishuvlarning izchillik bilan amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida hamkorlikning barcha sohasini qamrab oluvchi tegishli "Yoʻl xaritalari" ishlab chiqildi.

"Hozirgi paytda ularda koʻzda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida va toʻliq ravishda amalga oshirish ishlari davom etmoqda", — dedi elchi

Ashrafxonovning soʻzlariga koʻra, 2017 yilda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 5 milliard dollariga yetib, 2016 yildagiga nisbatan 20 foiz oʻsishga erishildi. Bundan tashqari, 11 soha loyihalari boʻyicha Rossiyadan jalb qilingan sarmoyalar hajmi 1,63 milliard dollarni tashkil etdi. Shuningdek, jami 139 ta ikki tomonlama tashrif va tadbirlar amalga oshirildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala