Prezident Namangandagi davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnost Namanganskogo gorodskogo sentra gosudarstvennix uslug
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnost Namanganskogo gorodskogo sentra gosudarstvennix uslug - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Namangan shahar davlat xizmatlari markazida kuniga 800 dan ortiq shaxsga 60 ga yaqin xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan.

TOShKENT, 3-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan shahar davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Markazda kuniga 800 dan ortiq shaxsga 60 ga yaqin xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan. Bu yerda Xalq qabulxonasi, notarius, FHDYo, pasport bo‘limlari, sug‘urta, kadastr, haydovchilik guvohnomasini almashtirish, tez tibbiy yordam xizmatlari, bank shoxobchasi joylashgan.

Keluvchilar uchun tibbiyot xonasi, bolalar maydonchasi, oshxona tashkil etilgan.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaNamanganskiy gorodskoy sentr gosudarstvennix uslug
Namanganskiy gorodskoy sentr gosudarstvennix uslug  - Sputnik O‘zbekiston
Namanganskiy gorodskoy sentr gosudarstvennix uslug

Prezident markazdagi sharoitlar bilan tanishdi. Aholi va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari, sifati va tezkorligi bilan qiziqdi. Haydovchilik guvohnomasini almashtirish jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Muassasa xodimlari bilan muloqotda xizmat turlarini yanada ko‘paytirish, aholining internet xizmatlaridan foydalanish darajasini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

“Bu tizimdan eng katta maqsad — odamlarning og‘irini yengil qilish. Hamma hududlarni va xizmatlarni shu tizimga qamrab olsak, sarsonchilik, adolatsizlik, korrupsiya bo‘lmaydi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari ushbu markaz binosida joylashgan “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi viloyat bo‘limi hamda Namangan innovatsiya markazi faoliyati bilan ham tanishdi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2017-yil 12-dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi, shahar va tumanlarda uning markazlari tashkil etildi. Oldingi “yagona darcha” markazlari faqat tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, davlat xizmatlari markazlari  jismoniy va yuridik shaxslarga ham xizmat ko‘rsatmoqda.

Yangiliklar lentasi
0