Dunyoda

Iroqda ID bilan hamkorlik qilgan sakkiz ayol bir umrga ozodlikdan mahrum qilindi

© Ammar Karim / AFPRossiyanki, prigovorennыe k pojiznennomu zaklyucheniyu, v tsentralnom ugolovnom sude Bagdada, Irak
Rossiyanki, prigovorennыe k pojiznennomu zaklyucheniyu, v tsentralnom ugolovnom sude Bagdada, Irak - Sputnik Oʻzbekiston
Aprel oxirlarida Iroq sudi 19 nafar rossiyalik va oʻn nafar Ozarbayjon va tojikistonlik ayollarga ID bilan hamkorlik qilgani uchun umrbod qamoq jazosi tayinlagandi.

TOSHKENT, 3 may – Sputnik. Iroq markaziy jinoyat sudi turli mamlakatlardan boʻlgan sakkiz nafar ayolni "Islom davlati" terrorchilik guruhi faoliyatida qatnashgani uchun bir umrga ozodlikdan mahrum qilish toʻgʻrisida hukm chiqardi. Bu haqda sudyalar oliy kengashi vakili Abdel Sattor Bayrakdarga asoslanib RIA Novosti xabar berdi.

"Markaziy jinoyat sudi turli mamlakatlar: uch nafar Turkiya, uch nafar Ozarbayjon, bir nafar Oʻzbekiston va bir nafar Suriya fuqarosi boʻlgan terrorchi ayollarga nisbatan umrbod qamoq jazosini tayinladi", — dedi u.

Beyrakdar hukm terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisidagi qonunning ikkinchi moddasiga muvofiq chiqarilganini bildirdi.

Aprel oxirlarida Iroq sudi 19 nafar rossiyalik va oʻn nafar Ozarbayjon va tojikistonlik ayollarga ID bilan hamkorlik qilgani uchun umrbod qamoq jazosi tayinlagandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala