Madaniyat

Komil Allamjonov matbuot xodimlarini tabrikladi

© FBKomil Allamjonov
Komil Allamjonov - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident matbuot kotibi jurnalistlarni Jahon matbuot erkinligi kuni bilan tabriklab, ularga mustahkam sogʻliq va kuch-quvvat tiladi.

TOSHKENT, 3 may – Sputnik. Komil Allamjonov matbuot xodimlarini Jahon matbuot erkinligi kuni bilan tabrikladi. Oʻzbekiston prezidenti matbuot kotibi jurnalistlarga mustahkam sogʻliq va kuch-quvvat tiladi.

Barchaga Jahon matbuot erkinligi kuni muborak! Sifatli, kuchli, erkin jurnalistika mamlakatimiz axborot xavfsizligidir. Bugungi kunda ayniqsa dolzarb boʻlgan ushbu kasbning befarq boʻlmagan, professional vakillarini tabriklayman. Mustahkam sogʻlik, kuch-quvvat tilayman, qalamingiz hamisha oʻtkir boʻlsin!”, — deyilgan Allamjonovning Facebookdagi xabarida.

Jahon matbuot erkinligi kuni YUNESKO tomonidan 1993 yilda qabul qilingan edi. Ushbu kuni taʼsis etish haqidagi rezolyutsiyada “Erkin koʻp qirrali matbuot har qanday demokratik jamiyatning ajralmas boʻlagi boʻlishi kerak deyilgan”.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala