Iqtisod

Namanganda AvtoVAZ uchun yoritish chiroqlari ishlab chiqariladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishVыstavka "AvtoVAZ: lyudi i mashinы"
Vыstavka AvtoVAZ: lyudi i mashinы - Sputnik Oʻzbekiston
UZCHASYS – “Oʻzsanoatqurilishbank” va “Oʻzavtosanoat” birgalikda amalga oshirayotgan loyiha boʻlib, uning doirasida eksportga moʻljallangan yuqori qoʻshimcha qiymatli mahsulot ishlab chiqariladi.

TOSHKENT, 3 may – Sputnik. Namangan shahridagi UZCHASYS qoʻshma korxonasida AvtoVAZning bir necha modellari uchun yoritish chiroqlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Sanoat qurilish banki matbuot xizmati.

“Xususan, “Lada Granta FL” avtomobili uchun oldingi yoritish chiroqlari,  “Lada Vesta SW/SW Cross” avtomobillari uchun nomer raqamlarini yoritish chiroqlari, hamda  “Lada 2190”, “Lada 2191”, “Lada 8450”, “Lada 1117”,  “Lada 1119” avtomobillari uchun 10dan ortiq turli xildagi chiroqlarni ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi”, — deyilgan xabarda.  

Oʻzsanoatqurilishbank va “Oʻzavtosanoat” hamkorligida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha doirasida UZCHASYS korxonasiga Hindistonning “NEOLITE ZKW Lightings Pvt Ltd” va Germaniyaning “Genter Service GmbH”  kompaniyalari aspob-uskunalari oʻrnatiladi, 35ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.

Yangi loyiha doirasida amalga oshirilayotgan korxonada yuqori qoʻshimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqariladi va ushbu mahsulotning aksariyati eksportga yuboriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala