O‘zbekiston Turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar kengashida ishtirok etadi

© Foto: press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidenti Uzbekistana i Tursii - Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan
Prezidenti Uzbekistana i Tursii - Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqida Shavkat Mirziyoyev Tayyip Erdo‘g‘onning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi vaqtida e’lon qilgan edi.

TOShKENT, 3-may — Sputnik. O‘zbekiston Turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar kengashida ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAVlar.

“Prezident Erdo‘g‘an Turkiy tildagi davlatlar yig‘ilishi kengashining Turkiyadagi ofisida faqat O‘zbekiston bayrog‘i yetishmayotgani haqida aytdi. Bugun bayrog‘imiz hilpirab turishi bo‘yicha ham ijobiy natijaga erishdik. Turkiy tildagi davlatlar yig‘ilishining navbatdagi sammitda Bishkekda bo‘lib o‘tadi, O‘zbekiston ham unda qatnashadi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev Tayyip Erdo‘g‘on bilan  o‘tkazilgan anjuman chog‘ida.

Turkiy tilda so‘zlashuvchi davlatlar kengashi – xalqaro siyosiy iqtisodiy tashkilot bo‘lib, u rasman to‘rt davlatni birlashtirgan – Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on 29-aprel 1-may kunlari Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lgan edi. Tashrif davomida prezidentlarning tor va keng doiradagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Umumiy qiymati 3 milliard dollarga yaqin shartnomalar imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0