General Sobir Rahimov haykali oldingi joyiga qaytariladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozlojenie svetov pamatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboroni R Uz
Vozlojenie svetov pamatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboroni R Uz - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev so‘zlariga ko‘ra, Sobir Raximov haykalining qaytarilishi – tarixiy adolatning qayta tiklanishi bo‘ladi.

TOShKENT, 3-may – Sputnik. Sobir Raximov haykali oldingi joyiga qaytariladi, deb xabar qilmoqda Gazeta.uz hkumatdagi vakiliga asosan.

“General Sobir Rahimovning 2011-yilning yanvarida G‘ofur G‘ulom bog‘iga ko‘chirilgan haykali oldingi joyiga qaytariladi. Bu haqida 2-may kuni Namangan viloyati Norin tumanida bo‘lib o‘tgan faolllar yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev habar qildi”, — deyilgan Gazeta.uz xabarida.

Shavkat Mirziyoyev so‘zlariga ko‘ra, Sobir Raximov haykalining qaytarilishi – tarixiy adolatning qayta tiklanishi bo‘ladi.

60 metroviy flagshtok v sentre Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
"Istiqlol" san’at saroyi va "Bunyodkor" metro bekatiga “Xalqlar do‘stligi” nomi qaytariladi

Eslatib o‘tamiz, Sobir Raximov tumani 1970-yilda tashkil qilingan, general Sobir Rahimov haykali esa tuman hokimiyati binosi qarshisida 1981-yilda ochilgan edi. 2010-yilda tuman va metro bekati nomi “Sobir Raximov”dan “Olmazor” deb o‘zgartirilgan edi.

Tuman nomini o‘zgartirishga matbuotda chop etilgan bir necha maqolalar sabab bo‘lgan edi. Xususan, tuman vakllari va olimlar jamoatchilik fikriga asoslanib, tumanga tarixiy nomini qaytarishni yoqlab chiqishgan edi.

Sobir Raximov 1902-yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1941-1945 yillarda janglarda ishtirok etgan, bir necha bor yaralangan. 1944-yilda ikkinchi Belorus frontining 65 armiyasi 37-gvardiyachi o‘qchi diviziya qo‘mondoni etib tayinlangan edi.

General Sobir Raximov 1945-yilning mart oyida janglarda qurbon bo‘lgan. Sobir Raximov Toshkentda dafn etilgan. 1965-yilda unga Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni berilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0