Dunyoda

Rossiya TIV "Al-Qoida" va "Islom davlati" daromadlari haqida maʼlumot berdi

© AFP 2018 / ALBARAKA NEWSBoyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL)
Boyeviki Islamskogo gosudarstva (IGIL) - Sputnik Oʻzbekiston
Ekspertning aytishicha, bugungi kunda "ID" daromadlari oyiga taxminan 3 million dollarni tashkil qilmoqda. Butun dunyo boʻyicha yoyib tashlangan "Al-Qoida" yacheykalarining umumiy daromadi esa 20-40 million dollardir

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. "Al-Qoida" terrorchilik tashkilotining daromadlari "Islom davlati" uyushmasining daromadlaridan 10-20 barobar ortiq va oyiga taxminan 40 million dollarni tashkil qiladi, deb taʼkidladi jurnalistlarga payshanba kuni Rossiya TIVning yangi chaqiriqlar va tahdidlar masalalari boʻyicha departament rahbari oʻrinbosari Dmitriy Feoktistov. RIA Novosti xabari asosida.

Flag Sirii - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
ID omborida NATOning eng zamonaviy qurol-yarogʻlari topildi

""Islom davlati" jangarilarining vodorodlarni sotishiga toʻsiq qoʻyilgach, bunga albatta, birinchi navbatda, Rossiya Harbiy kosmik kuchlari olib borgan faoliyat tufayli erishildi, ushbu terrorchilik uyushmasining moliyalashtirish kanallari "boʻgʻib" qoʻyildi.

Shu bois, hozirda "ID" daromadlari oyiga taxminan 3 million dollarni tashkil qilmoqda. Butun dunyo boʻyicha yoyib tashlangan "Al-Qoida" yacheykalarining umumiy daromadi esa 20-40 million dollarni tashkil qiladi", — dedi Feoktistov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala