Mirziyoyev: Alisher Usmonov Namanganning turistik salohiyatini yuksaltirishga yordam beradi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishOsnovatel "USM Holdings", prezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya Alisher Usmanov
Osnovatel USM Holdings, prezident Mejdunarodnoy federatsii fextovaniya Alisher Usmanov - Sputnik Oʻzbekiston
Alisher Usmonovning Oʻzbekiston, xususan, Namangan deganda koʻzi yonib turadi, dedi Oʻzbekiston prezidenti va Namanganning turizm salohiyatini rivojlantirishda milliarder yordam berishini maʼlum qildi

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Namanganning turizm salohiyatini rivojlantirish yuzasidan USM Holdings asoschisi Alisher Usmonovga taklif beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Norin tuman hokimligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qildi, deya xabar berdi "Daryo" nashri.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga keldi

Nashr xabariga koʻra, yigʻilishda tumanlar vakillari bilan boʻlib oʻtgan muloqotda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Yangiqoʻrgʻon tuman boʻlinmasi raxbari Ismoil Mamajonov soʻzga chiqib, tumanning Nanay, Zarkent, Poromon va boshqa qishloqlari oʻzining soʻlim tabiati bilan mashhur ekanligi, biroq hozirda bu manzillarda joylashgan dam olish maskanlari, bolalar oromgohlari qarovsiz holga kelganligini maʼlum qildi. Bu hududlarga olib boruvchi yoʻlda post joylashgani muayyan qiyinchiliklar tugʻdirayotganini bildirdi.

"Juda oʻrinli taklif boʻldi, buni qoʻllab-quvvatlaymiz. Bu taklifni Alisher Usmonovga ham yetkazamiz. U kishining Oʻzbekiston, xususan, Namangan deganda koʻzi yonib turadi", — degan Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala