Dunyoda

Rossiya TIV vakili "oq kaskalilar"ni moliyalashtirish toʻxtatilganini "fantastik xabar" dedi

© Sameer Al-Doumy / AFPAktivistы iz organizatsii Belыe kaski v Dume, Siriya
Aktivistы iz organizatsii Belыe kaski v Dume, Siriya - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Avvalroq CBS telekanali AQSH davlat departamenti Suriyada faoliyat koʻrsatayotgan "Oq kaskalilar" tashkilotini moliyalashtirishni muzlatib qoʻyganini xabar qilgandi.

TOSHKENT, 4 may — Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSH davlat departamenti "Oq kaskalilar" nohukumat tashkilotini moliyalashtirishni vaqtinchalik toʻxtatgani haqidagi xabarni "fantastik" deb atadi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi. Moskva ushbu tashkilotni Suriyada kimyoviy qurol qoʻllanilgani haqida asossiz xabarlar tarqatishda ayblamoqda.

Avvalroq CBS telekanali AQSH davlat departamenti Suriyada faoliyat koʻrsatayotgan "Oq kaskalilar" tashkilotini moliyalashtirishni muzlatib qoʻyganini xabar qilgandi. Telekanalning maʼlumot berishicha, "Oq kaskalilar"ni moliyalashtirishda AQShning ulushi tashkilot byudjetining uchdan bir qismini tashkil etadi. Xabar qilinishicha, tashkilotni moliyalashtirish "soʻnggi haftalarda" toʻxtatilgan va "qayta koʻrib chiqilmoqda". Telekanalning diplomatik hujjatlarga asoslanib bildirishicha, davlat departamentining Yaqin Sharq byurosi 15 aprelgacha tashkilotni moliyalashtirish davom etishi haqida AQSH maʼmuriyati tasdigʻini olishi, aks holda "jarayonni toʻxtatishi" lozim boʻlgan.

SPUTNIK_Lavrov vыskazalsya o predpolagayemoy ximicheskoy atake v siriyskoy Dume - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Lavrov: Suriyadagi kimyoviy hujum "Oq kaskalilar" tomonidan sahnalashtirilgan

"Bugun fantastik yangilik paydo boʻldi: AQSH davlat departamenti Suriyada faoliyat yuritayotgan "Oq kaskalilar" nohukumat tashkilotini moliyalashtirishni bas qilibdi. Nima boʻldi? Oxirgi filmlar yoqmadimi? Yoki boshqa sabablar bormi? Umuman, rostini aytganda, "Oq kaskalilar" bevosita AQSH hukumatidan va boshqa davlatlar, xususan, yaqindagina Suriyaga zarba bergan davlatlar hukumatlaridan qancha pul olishganining anigʻini bilishni xohlardik. Menimcha, bu yoʻlga qoʻyilgan mazkur soxta mexanizmning qanday ishlashini tushunishda muhim ahamiyatga ega", — dedi Zaxarova.

"Oq kaskalilar" tashkiloti Suriyadagi tinch aholini himoya qilish maqsadida ekanligini aytib keladi. Keyingi yilarda internetda oq kaskali odamlar bolalarni vayronalar ostidan qutqarishayotgani aks etgan videolavhalar tez-tez paydo boʻlmoqda. Ammo shu bilan birga, "Oq kaskalilar" "jabrlanganlar"ni grim qilib, ularga nima deyishni oʻrgatishayotgani tasvirlangan videolar ham uchramoqda. Buning ustiga, suriyalik jurnalistlar "qutqaruvchilar"ning qurol va harbiy libosda ekanliklari aks ettirilgan qator materiallarni eʼlon qilishdi.

Oʻz navbatida Suriya prezidenti Bashar Asad "Oq kaskalilar" tashkiloti aʼzolari aslida "Al Qoida" tarafdorlari ekanligini bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0