Analitika

Nikolaychuk: Mirziyoyev tashqi siyosatda sobitqadamlik bilan ilgarilamoqda

© Sputnik / Aleksey TixomirovEkspert Rossiyskogo instituta strategicheskix issledovaniy Igor Nikolaychuk
Ekspert Rossiyskogo instituta strategicheskix issledovaniy Igor Nikolaychuk - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Rossiya strategik tadqiqotlar instituti (RISI) mintaqaviy xavfsizlik muammolari boʻlimi boshligʻi Igor Nikolaychuk Turkiya prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi borasida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

TOSHKENT, 4 may – Sputnik. Turkiya prezidentining Oʻzbekistonga tashrifi — Shavkat Mirziyoyevning mamlakat imijini va prezident sifatida oʻz imijini xalqaro maydonda mustahkamlash yoʻlidagi navbatdagi yutugʻidir, dedi Rossiya strategik tadqiqotlar instituti (RISI) mintaqaviy xavfsizlik muammolari boʻlimi boshligʻi Igor Nikolaychuk Sputnik radiosiga bergan intervyusida.

Prezidentы Uzbekistana i Turtsii Shavkat Mirziyoyev i Redjep Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Erdoʻgʻonga: Oʻzbekistonning eshiklari sizlar kabi yaqin qardoshlarimiz uchun doimo ochiq

"Men Shavkat Mirziyoyev dunyo siyosatida yangi rolga daʼvogarlik qilayotgan mamlakatning yetakchisi sifatida oʻz xalqaro nufuzini koʻtara olganining isbotini koʻrmoqdaman. Mirziyoyev mintaqada, Oʻzbekiston ichida va Oʻzbekiston tashqarisida barqarorlik va farovonlik boʻlishi uchun nimadir qilishni istayotgan rahbar vazifasini uddalay olayotganini namoyish etmoqda", — dedi Nikolaychuk.

Ekspertning fikricha, Erdoʻgʻonning tashrifi Turkiya uchun ham, Oʻzbekiston uchun ham foydali va bu tashrif Turkiyaning "Buyuk Turon" doktrinasidan mutlaqo xoli.

"Mazkur tashrif Turkiyaning panturkizm bilan bogʻliq tashqi geosiyosiy doktrinasidan mutlaqo xoli. Turkiya endilikda Markaziy Osiyo mintaqasiga etnik va tarixiy yaqin xalqlarni oʻz izmiga solishni istaydigan mamlakat sifatida kelmoqchi emas. Bu esa shaxsan Shavkat Mirziyoyev va Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligining diplomatik muvaffaqiyatidir", — dedi Nikolaychuk.

Yangiliklar lentasi
0