Bugun Toshkentda katta professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi

© olamsportProfessionalnie bokseri Azizbek Abdugofurov i Dmitriy Chudinov
Professionalnie bokseri Azizbek Abdugofurov i Dmitriy Chudinov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugungi boks oqshomida WBC Silver chempionlik kamari sohibi hisoblangan Qudratillo Abduqahhorov, shuningdek Jamshid Najmiddinov, Olim Nazarov singari taniqli o‘zbek bokschilari ham ringga ko‘tariladi.

TOShKENT, 5-may — Sputnik. Bugun Toshkentdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida professional boks kechasi o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda Olamsport.

Oqshomning markaziy jangi o‘zbekistonlik Azizbek Abdug‘ofurov ishtirokida bo‘ladi. U vakant bo‘lib turgan WBC Silver chempionlik kamari uchun rossiyalik mashhur bokschi sobiq jahon chempioni Dmitriy Chudinovga qarshi ringga ko‘tariladi.

Uzbekskiy bokser Azizbek Abdugofurov - Sputnik O‘zbekiston
Azizbek Abdug‘ofurov: chempionlik jangida muxlislar qo‘llab-quvvatlovi menga dalda bo‘ladi

Ma’lumot uchun, Abdug‘ofurov professional ringdagi faoliyati davomida 10ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan (4tasida nokaut bilan). Tajribali Chudinov esa 25ta jangda qatnashgan va ularning 21tasida g‘alaba qozongan (13tasi nokaut bilan). Ikki jangda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, yana ikkita to‘qnashuvda durang qayd etgan.

Bugungi boks oqshomida WBC Silver chempionlik kamari sohibi hisoblangan Qudratillo Abduqahhorov, shuningdek Jamshid Najmiddinov, Olim Nazarov singari taniqli o‘zbek bokschilari ham ringga ko‘tariladi.

Bugungi boks oqshomi juftliklari:

Azizbek Abdug‘ofurov — Dmitriy Chudinov (Rossiya)

Qudratillo Abduqahhorov — Tvaxa Kiduku (Tanzaniya)

Jasur Ahmadjonov — Stevi Ongen Ferdinandus (Indoneziya)

Olimjon Nazarov — Xvicha Gigolashvili (Gruziya)

Jamshid Najmiddinov — Kaxa Avetisiani (Gruziya)

Umid Rustamov — David Ribakoni (Gruziya)

Ulug‘bek Sobirov — Jorji Ungiadze (Gruziya)

Anvar Turobov — Roy Muxlis (Indoneziya).

Yangiliklar lentasi
0