Jamiyat

Oʻzbekiston fuqarosi pasporti 18 kishiga topshirildi

© Sputnik / Aleksey TixomirovUzbekskiy pasport
Uzbekskiy pasport - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston yangi fuqarolariga pasportlarning aynan 9 may arafasida topshirilishi ularning quvonchga quvonch qoʻshdi.

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Bugun ertalab Toshkent shahar hokimligi binosida 18 kishiga Oʻzbekiston fuqarosi pasportlari topshirildi. Bu haqida Hokimlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 apreldagi "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisida"gi farmoniga muvofiq poytaxtimizdan 18 nafar shaxsning arizalari qanoatlantirilib, ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi", — deylgan xabarda.

Fuqarolik pasportlarini shahar hokimi J.Artikxodjayev topshirdi. Tadbirda ishtirok etgan shahar faollari, deputatlar, jamoatchilik vakillari mazkur farmonning ahamiyati, insonparvarlik tamoyillariga mosligi, yurt ravnaqi, fuqarolar va millatlararo totuvlikka qoʻshgan bebaho hissasi haqida gapirdilar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala