Analitika

Or-nomus jangda, kelajak Oʻzbekistonda asrab qolindi

© Nuz.uzPamyatnik semye Shoaxmeda i Baxri Shomaxmudovыx
Pamyatnik semye Shoaxmeda i Baxri Shomaxmudovыx - Sputnik Oʻzbekiston
Umumxalq bayrami dam olish, xursandchilik kunigina emas, u millatni, xalqni jipslashtiradigan gʻoya!

Tan olish lozim, shu paytga qadar Oʻzbekistonda 9 may — Xotira va qadrlash kuni bayramlar orasida eng nozigi edi. Bir jihatdan bayram — quvonish lozim, lekin xotira… Yodlash va hayotdan erta ketgan, jafokash bobolar, momolar uchun qaygʻurishga toʻgʻri kelardi, oʻsha davr azoblari, qiyinchiliklarini yodga olib, xulosalar chiqarish lozim boʻlardi. 

Shavkat Mirziyoyev: vaqt oʻtgan sari Shomahmudovlar oilasi koʻrsatgan qahramonlikning ahamiyati va qadri tobora oshib bormoqda. - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Mirziyoyev: Shomahmudovlar oilasi qahramonligining ahamiyati va qadri tobora oshib bormoqda

Albatta, bu bayram oʻzbekistonliklar va rossiyaliklar uchun bir xil mazmunga ega emas. Shu sababli uning nomlari boshqa-boshqa.

Umumxalq bayrami, degani nima oʻzi?

Shunchaki, dam olib, xursandchilik qiladigan kun emas. U millatni, xalqni, davlat fuqarolarini jipslashtiradigan, birdamlikka xizmat qiladigan tadbir, anʼana, gʻoya!

Rossiya uchun 9 may millatni birlashtiruvchi gʻoyaning ajralmas qismi. Oʻzbekistonda esa ancha payt negadir bu bayramdan milliy gʻoya targʻibotida foydalanilmadi. Endi, mamlakatda ochiqlik, oʻzaro manfaatli, doʻstona hamkorlik siyosat yuritilayotganda, qadriyatlarga yangicha nazar bilan qarash (ularni qayta baholash emas) jarayoni ketayotganda mazkur bayram milliy gʻoya uchun xizmat qiladigan anʼanaga aylantirildi. Millatning bagʻrikengligini targʻib etuvchi, xalqlar aro doʻstlik, totuvlik va inoqlikni kuylovchi anʼanaga.

Makka shahridagi ziyoratchilar - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari haj safariga imtiyozli ravishda borishadi
Darhaqiqat, oʻzbekistonliklar Ikkinchi jahon urushi janggohlarida yarim millionga yaqin fuqarosini yoʻqotdi; oʻzbekistonliklar urush yillari yarim och, yarim yupun yashadi, biroq topgan-tutganlari frontga berdi; oʻzbekistonliklar inson zoti chidashi ogʻir boʻlgan sharoitlarda ishlab, koʻchirib kelingan zavodlarni qisqa muddatlarda tikladi va front uchun qurol-aslaha yetkazib berdi.

Albatta, bular gʻalaba yaqinlashishiga xizmat qildi. Biroq, Oʻzbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi asosiy ishi — bolalarga gʻamxoʻrligi, urush bolalariga, urush janggohlarida jon olib, jon berayotgan, halok boʻlgan insonlar farzandlariga boshpana bergani, ularni oʻz bagʻriga olgani, ularga otalik, onalik qilgani edi.

"Sen yetim emassan!" — bu shunchaki buyuk shoirning misralari emas. Bu Oʻzbekistonning urush bolalariga aytgan gapi, urush davrining bosh shoiri, asosiy ishi, 9 maydagi gʻalabaga qoʻshgan bosh ulushi, kerak boʻlsa, marhamati edi.

Urush nima oʻzi?!

Kelajak uchun kurash! Shuning uchun ham oradan necha yillar oʻtib, omonsiz janglarda halok boʻlganlarni eslaymiz… unutmaymiz.

Ular biz uchun, kelajagimiz, baxtli hayotimiz uchun (anchayin siyqa soʻz, lekin haqiqat) kurashgan, axir. Shu sababli Ikkinchi jahon urushida asosiy ishni Oʻzbekiston bajargan, deyishga haqlimiz. Aynan Oʻzbekiston kelajakni asradi; aynan Oʻzbekiston urush bolalarini mehrsizlik, eʼtiborsizlik komida qolib, insoniylikni yoʻqotishdan saqladi. Urishayotgan xalqlarning or-nomusi jang maydonlarida, kelajagi esa Oʻzbekistonda asrab qolindi.

Shu sababli, Oʻzbekiston 9 mayni oʻzining Ikkinchi jahon urishidagi gʻalabaga qoʻshgan hissasi va oʻz milliy gʻoyasidan kelib chiqib nishonlamoqda.

Bugun 9 may bayrami mamlakatda yuritilayotgan hamjihatlikka, doʻstlik va ahil qoʻshnichilikka yoʻnaltirilgan ichki va tashqi siyosatda oʻzining munosib oʻrniga ega boʻldi.

Dvorets iskusstv Istiklol - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
"Xalqlar doʻstligi" nomi sanʼat saroyi va metro bekatiga qaytarildi

Albatta, urush qatnashchilari ham unutilgani yoʻq.

Insoniyat urushni va unda ishtirok etganlarni unutmasligi lozim!

Yoʻq, gʻalabalarni, harbiy sanʼatni esdan chiqarmaslik uchun ham emas, shunchaki, insoniyatning shunday bir gʻalati odati, tushunarsiz holati borligi, unda ming-minglab begunoh, beayb, begʻubor insonlar sababsiz, aybsiz qirilib ketishi, yosh-u qari birday oʻlim tegirmoniga tashlanishini unutib qoʻymaslik uchun.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala