Iqtisod

Paynet faoliyati tugatiladi

UzPaynet faoliyati tugatilib, uning oʻrniga jismoniy shaxslardan toʻlovlar qabul qilishga ixtisoslashgan “Xalq banki”ning yangi boʻlinmasi tashkil qilinadi.

TOSHKENT, 6 may – Sputnik. OOO “UzPaynet” faoliyati tugatiladi va uning oʻrniga Xalq bankining yangi boʻlinmasi tashkil etiladi. Bu haqida “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan prezident qaroriga asoslanib Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Hujjatda yuqorida aytib oʻtilgan banklarni rivojlantirishning yangi ustuvor yoʻnalishlari aytib oʻtilgan. Jumladan OOO “UzPaynet” faoliyatini tugatish va uning vazifasini bajarish uchun jismoniy shaxslardan toʻlovlar qabul qilishga ixtisoslashgan “Xalq banki”ning yangi boʻlinmasini tashkil qilish ham.

Eslatib oʻtamiz, OOO "UzPaynet" Oʻzbekistonda yagona boʻlgan mobil xizmatlar uchun toʻlov qabul qilish tizimi 2005 yilda mahalliy va xorijiy xususiy shaxslar tomonidan tashkil qilingan edi. 2009 yilda esa ushbu tizim "Xalq banki" nazorati ostiga oʻtgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala