Paynet faoliyati tugatiladi

Obuna bo‘lish
UzPaynet faoliyati tugatilib, uning o‘rniga jismoniy shaxslardan to‘lovlar qabul qilishga ixtisoslashgan “Xalq banki”ning yangi bo‘linmasi tashkil qilinadi.

TOShKENT, 6-may – Sputnik. OOO “UzPaynet” faoliyati tugatiladi va uning o‘rniga Xalq bankining yangi bo‘linmasi tashkil etiladi. Bu haqida “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan prezident qaroriga asoslanib Adliya vazirligining matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Hujjatda yuqorida aytib o‘tilgan banklarni rivojlantirishning yangi ustuvor yo‘nalishlari aytib o‘tilgan. Jumladan OOO “UzPaynet” faoliyatini tugatish va uning vazifasini bajarish uchun jismoniy shaxslardan to‘lovlar qabul qilishga ixtisoslashgan “Xalq banki”ning yangi bo‘linmasini tashkil qilish ham.

Eslatib o‘tamiz, OOO "UzPaynet" O‘zbekistonda yagona bo‘lgan mobil xizmatlar uchun to‘lov qabul qilish tizimi 2005-yilda mahalliy va xorijiy xususiy shaxslar tomonidan tashkil qilingan edi. 2009-yilda esa ushbu tizim "Xalq banki" nazorati ostiga o‘tgan edi. 

Yangiliklar lentasi
0