Madaniyat

“Toshkent gerbi” monumenti olib tashlandi

© shosh.uzMonument "Gerb Tashkenta"
Monument Gerb Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
4 may tunida Toshkentdagi Shimoliy vokzal roʻparasida oʻrnatilgan "Toshkent gerbi" monumenti olib tashlandi. Uning oʻrniga qanday haykal oʻrnatilishi hozircha nomaʼlum.

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Ikki kun oldin, 4 may tunida Toshkentdagi Markaziy (Shimoliy) vokzal roʻparasidagi "Toshkent gerbi" monumenti olib tashlandi, deb xabar qilmoqda "Tashkent Retrospektiva" sahifasi. 

"Yana bir yaxshi yangilik. 4 may tunida Toshkentdagi Shimoliy vokzal roʻparasida oʻrnatilgan "Toshkent gerbi" monumenti olib tashlandi. Uning oʻrniga qanday haykal oʻrnatilishi hozircha nomaʼlum", — deyilgan xabarda.  

Ikki qoʻl va tanga shaklidagi Toshkent gerbi tasvirlangan ushbu monument vokzal qarshisidagi maydonga 1996 yilda oʻrnatilgan edi. Monument loyihasi "Toshkentboshplan LITI" instituti tomonidan ishlab chiqilgan. Haykal meʼmori N.G.Narutskaya, haykaltarosh R.Avakiyan boʻlib uning poyiga "Toshkentimizni yomon koʻzlardan asrasin" deb yozilgan edi.

Xabarda aytilishiga koʻra, koʻpchillikka ushbu haykal "gʻalati" koʻrinar, xalq orasida esa uni "tanga  ushlab turgan qoʻllar" deb atashar edi.

Eslatib oʻtamiz, 1995 yilga qadar ushbu maydonda "14 toshkent komissarlari" haykali oʻrnatilgan edi. 

© Sputnik / Iosif Budnevich / Fotobankka oʻtishPamyatnik 14 turkestanskim komissaram.
Pamyatnik 14 turkestanskim komissaram. - Sputnik Oʻzbekiston
Pamyatnik 14 turkestanskim komissaram.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala