Jamiyat

Toshkentda bolalar harbiy paradi boʻlib oʻtdi

© IIBBDetskiy voyennыy parad v Tashkente
Detskiy voyennыy parad v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Bolalar paradida dastlab, harbiy orkestr sadolari ostida, Oʻzbekiston bayrogʻi olib oʻtildi, soʻng Oʻzbekiston madhiyasi yangradi.

TOSHKENT, 6 may — Sputnik. Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida 9 may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan Bolalar harbiy paradi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda IIBB matbuot xizmati.

Bolalar paradida kuch ishlatish tizimlari tasarrufida boʻlgan 500ga yaqin maktab va litsey oʻquvchilari ishtirok etishdi. Xususan IIV 1 son akademik litseyi oʻquvchilari, "Temurbeklar maktabi", "Jar" SSM qoshidagi maxsus maktab-internati hamda boshqa qator taʼlim muassasalari oʻquvchilari tantanali saf tortib oʻtdilar.

© Foto: GUVD goroda TashkentaV Tashkente proshel voyennыy parad molodeji
V Tashkente proshel voyennыy parad molodeji - Sputnik Oʻzbekiston
V Tashkente proshel voyennыy parad molodeji

Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar kengashi tomonidan tashkil etilgan ushbu bayram tadbiri yosh oʻgʻil-qizlar qalbida vatanparvarlik tuygʻusining yana mustahkamlashni maqsad qilgan. Paradda dastlab, harbiy orkestr sadolari ostida, Oʻzbekiston bayrogʻi olib oʻtildi, soʻng Oʻzbekiston madhiyasi yangradi.

Tadbirda Toshkent shahar hokimi J. Ortiqxoʻjayev, Oʻzbekiston Respublikasi Ichiki ishlar vaziri oʻrinbosari — Toshkent shahar IIBB boshligʻi R.Joʻrayev, "Nuroniy" jamgʻarmasi Toshkent shahar boʻlimi raisi R.Kolonov va boshqalar soʻzga chiqib urush faxriylarini 9 may — Xotira va qadrlash kuni bilan tabriklab ularga sogʻlik va uzoq umr tiladilar.

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi vakillari ijrosidagi harbiy vatanparvarlikka oid sheʼr va qoʻshiqlari ijro etildi.

© Foto: GUVD goroda TashkentaV Tashkente proshel voyennыy parad molodeji
V Tashkente proshel voyennыy parad molodeji - Sputnik Oʻzbekiston
V Tashkente proshel voyennыy parad molodeji

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala