Jamiyat

Dilorom Toʻxtaxodjayeva 9 may bayrami haqida: orziqib kutilgan paytlar yetib keldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovYunusobod tumani Husnobod fuqarolar yigʻini raisi Dilorom Toʻxtaxodjayeva.
Yunusobod tumani Husnobod fuqarolar yigʻini raisi Dilorom Toʻxtaxodjayeva. - Sputnik Oʻzbekiston
2018 yilda Oʻzbekistonda 9-may bayrami har yilgidanda oʻzgacha, har yilgidanda quvonchliroq nishonlanmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri poytaxtdagi №302 maktab filialida ham boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Oʻzbekistonda orziqib kutilgan paytlar yetib keldi. Toʻgʻri shu paytgacha, 9 may bayrami nishonlanardi, ammo u xotira kuniga aylanib qolgan edi, dedi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga 7 may kuni Yunusoboddagi №302 oʻrta maktabda oʻtkazilgan bayram tadbirida Yunusobod tumani Xusnobod fuqarolar yigʻini raisi Dilorom Toʻxtaxodjayeva.

Muzыka na polutorkax: prazdnichnыy avtoprobeg v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
"Yashang, askarlar": Toshkentda 9 mayga bagʻishlangan tadbirlar boʻlib oʻtdi
"Hozirda haqiqiy oʻtmish, haqiqiy ota-bobolarimiz jang qilgan kunlar esga olinyapti. 9-may Oʻzbekistonda bu yil juda ham keng nishonlanayapti. Mana, "Xalqlar doʻstligi" nomi oʻz joyiga qaytarildi. Metro va maydon yana "Xalqlar doʻstligi" deya ataldi. Ulugʻ Vatan urushida jonbozlik koʻrsatgan, mehnat frontida qatnashgan temirchi Mahkam akaning haykallari joyiga qaytarilyapti. Bundan oʻzbek xalqi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevdan juda ham minnatdor", — dedi Toʻxtaxodjayeva.

Mahalla raisi, shuningdek, Oʻzbekiston rahbarining "9-mayni nishonlash toʻgʻrisidagi qarori"dan hamma xursandligini, jumladan, bolalar ham cheksiz xursand ekanligini aytdi.

"Bolalarimizga oʻtmishni gapirib beryapmiz. Mana, urush yillarida Toshkentga koʻchirib kelingan Chkalov zavodida voyaga yetmagan bolalar oʻqlar, tanklarga kerakli qismlarni chiqarishda qatnashishgan. Ularning bu ishi biz uchun qahramonlik sanaladi. Tarixsiz kelajak yoʻq. Tarixni bolalarimiz bilishi kerak. Uni toʻgʻriligicha yetqazish hozir bizlarning vazifamiz", — dedi suhbatdosh va bu yil Oʻzbekistonda 9-may bayrami "har yilgidanda oʻzgacharoq, har yilgidanda quvonchliroq" oʻtayotganini qoʻshimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala