Hodisalar

Samarqandda "kreditor"ini oʻldirgan ayol 13 yilga qamaldi

Payariqda sotuvchi ayol oʻziga qarz berib turgan yangasini urib oʻldirib qoʻydi

TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Yangasidan 2300 dollar qarz olgan payariqlik Anora Olimova oʻz "kreditori"ni urib oʻldirgani uchun 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar bermoqda "Zarafshon" nashri.

Uzbekskiye militsionerы - Sputnik Oʻzbekiston
Namanganda singil oʻz tugʻishgan akasini oʻldirish uchun "killer" yolladi
Xabarda aytilishicha, Payariq tumanida yashovchi Anora Olimova bolalar kiyimini sotish bilan shugʻullangan. Topgan-tutgani oilasiga yetsada, ammo u bundan-da koʻpini istab, yangasi Munira Salomovadan 200 AQSH dollari olgan. Oradan biroz vaqt oʻtgach, uch oydan soʻng foizi bilan qaytarish sharti bilan 2 ming dollar oladi.

Qarzni qaytarish muddati kelgach, yangasi Anoradan pullarni qaytarishini talab qildi. Ana shunda Anora "kreditor"dan qutulish yoʻllarini izlay boshlaydi va bir kuni oʻzi bilan metall boʻlagini olib Muniraning uyiga bordi.

Yangasi qarzni olib kelmaganini bilgach, Anora bilan urisha ketadi.

Qarzdor ayol esa qulay paytni poylab metall bilan yangasining boshiga uradi va uning yiqilib tushganini koʻrib, qochib ketadi.

Shifokorlar 3 kun davomida jarohatlangan ayolning hayotini saqlab qolishga urindi. Biroq Munira vafot etdi.

Anora Olimova Jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand viloyat sudi qarori bilan 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala