Maktab direktori Feruza Xudoyorova 9-mayni nishonlash nima uchun muhimligini aytdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDirektor shkoli №302 Feruza Xudoyarova
Direktor shkoli №302 Feruza Xudoyarova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston poytaxtida joylashgan №302 sonli o‘rta maktab direktori Feruza Xudoyorova Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida 9-mayni nishonlashning ahamiyati haqida gapirdi

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Bugun O‘zbekiston poytaxtida joylashgan №302 sonli o‘rta maktabda 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Yunusobod tumani Husnobod fuqarolar yig‘ini raisi Dilorom To‘xtaxodjayeva. - Sputnik O‘zbekiston
Dilorom To‘xtaxodjayeva 9-may bayrami haqida: orziqib kutilgan paytlar yetib keldi
Tadbir boshlanishi avvalida maktab direktori Feruza Xudoyorova Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida 9-mayni nishonlashning ahamiyati haqida gapirdi.

"Mana shunday tantanali kunda yangi ochilgan maktabimizda ilk marotaba mana shu bayram nishonlanmoqda. Bolalarimiz o‘z chiqishlari bilan urush yillarida halok bo‘lgan insonlar xotirasiga hurmat bajo keltiradilar. Bolajonlarimiz urushda qatnashgan barcha veteranlarimizga go‘zal kelajak va yorqin bugungi kunimiz uchun minnatdorchilik bildiradilar", — dedi maktab direktori va bugungi kunda O‘zbekistonda barcha maktablarda ushbu bayram katta tantanalar bilan nishonlanayotganini ta’kidladi.

Xudoyorova, shuningdek, "Bolalarimiz mana shunday qahramonlarimiz bo‘lganligini bilishlari kerak va albatta, bobolari singari Vatanimizni hamisha himoya qilishga shay bo‘lishlari shart", deya ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0