Hodisalar

Toshkentda internat tarbiyalanuvchilari gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilingan

© Sputnik / \StringerUchebnoye zavedeniye
Uchebnoye zavedeniye - Sputnik Oʻzbekiston
Prokuratura maʼlumotlariga koʻra, maktab-internat yotoqxonasida mavjud xojatxona nosoz holda boʻlib, bolalar undan sanitariya-gigiyena talablariga zid ravishda foydalanib kelishgan hamda zararsizlantiruvchi eritmalar taʼminoti yoʻqligi natijasida bir qancha tarbiyalanuvchilar teri-tanosil kasalliklariga chalingan

TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan Oqqoʻrgʻon tumanidagi 78-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati oʻrganilib, tekshiruvlar natijasida oʻta qoʻpol qonunbuzilishi holatlari qayd etildi.

Xabarga koʻra, maktab-internat mansabdor shaxslari uzoq yillar davomida "koʻzboʻyamachilikka" yoʻl qoʻyib, yuqori turuvchi instantsiyalarga taʼlim-tarbiya muassasasidagi haqiqiy ahvol haqida notoʻgʻri maʼlumot berib kelishgan.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Bosh vaziri koʻzboʻyamachilikda peshqadam viloyatlarni sanab oʻtdi
Xususan, tekshirish vaqtida maktab-internatda sanitariya-gigiyena qoidalariga umuman rioya qilinmaganligi maʼlum boʻldi.

Masalan, maktabgacha taʼlim guruhlari uchun alohida yotoqxonalar tashkil etilmagani, yotoqxonada yashovchi bolalarga yuvinish uchun sharoitlar yaratilmagani, hattoki taʼlim muassasasining 33 nafar xodimlari tibbiy koʻrikdan oʻtmasdan faoliyat koʻrsatib kelishayotganligi soha rahbarlari masʼuliyatni mutlaqo unutib qoʻyishganidan dalolat beradi.

"Achinarlisi, koʻp yillardan buyon maktab-internat yotoqxonasida mavjud xojatxona nosoz holda boʻlib, bolalar undan sanitariya-gigiyena talablariga zid ravishda foydalanib kelayotganligi hamda zararsizlantiruvchi eritmalar taʼminoti yoʻqligi natijasida bir qancha tarbiyalanuvchilar teri-tanosil kasalliklariga chalinganligi barchani tashvishga solishi lozim", — deyiladi xabarda.

Taʼlim muassasasining mansabdor shaxslari tomonidan ushbu kasalliklarni erta aniqlash va bolalar kasallanishining oldini olish choralari koʻrilmasdan, aksincha, notoʻgʻri davolash ishlari oʻtkazilib, tibbiy meʼyorlarga mos boʻlmagan muolajalar olib borilgan.

Bundan tashqari, muassasada taʼlim-tarbiya ishlari oʻz holiga tashlab qoʻyilishi oqibatida nomaʼlum shaxslar tomonidan taʼlim muassasasining 16 yoshga toʻlmagan tarbiyalanuvchilari gʻayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilingan.

Studentы v auditorii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻquvchilarning oʻqishga kirish koʻrsatkichi past boʻlgan akademik litsey direktorlari jazolanadi
Shuningdek, muassasa rahbariyatining beparvoligi oqibatida taʼlim muassasasining 16 yoshli boshqa bir tarbiyalanuvchisi I.Sokolovning bir yarim oydan buyon dars mashgʻulotlariga qatnashmasdan bedarak yoʻqolganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlariga xabar berilmagan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan maktab-internat mansabdor shaxslari va boshqa shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deyiladi xabarda.

Dastlabki tergov davomida aniqlangan har bir qonun buzilishi holatiga qonuniy baho berilib, voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash va aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish choralari taʼminlanishi taʼkidlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala