Iqtisod

Moliya vazirligi qimmatbaho qogʻozlarni chiqarishni rejalashtirmoqda

© SputnikKupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum
Kupyurы nomiralom pyatdesyat tыsyach sum - Sputnik Oʻzbekiston
Qimmatbaho qogʻozlarni sotilishidan tushgan mablagʻ respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yoʻnaltiriladi.

TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Moliya vazirligi davlat qimmatbaho qogʻozlarini chiqarishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi ushbu vazirlik matbuot xizmati.

Protsess proizvodstva sigaret. - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Moliya vazirligi tamaki mahsulotlarining narxi 50 foizga koʻtarilishini tasdiqlamadi

Qimmatbaho qogʻozlarni sotilishidan tushgan mablagʻ respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yoʻnaltiriladi. Shuningdek, mutaxassislar jahon amaliyotida keng qoʻllanilayotgan obligatsiyalarni chiqarish masalasini ham koʻrib chiqishmoqda.

2011 yilda Oʻzbekistonda qimmatbaho qogʻozlarni chiqarish toʻxtatilgan. 1996-2011 yillar davomida Moliya vazirligi tomonidan umumiy qiymati 803 milliard soʻmlik qimmatbaho qogʻozlarni chiqarilgan. Oʻrtacha yillik qiymati 50 milliard soʻmni tashkil qildi.

Markaziy bank mart oyi yakunida pul-kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish kontseptsiyani eʼlon qilgandi. Unda qimmatbaho qogʻozlarni chiqarishni tiklash koʻzda tutilgandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala