Iqtisod

Oʻzbekistonda dollar va yevro kursi pasaydi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishAQSH dollari
AQSH dollari - Sputnik Oʻzbekiston
Dollar kursi oʻtgan haftada atigi 0,03 soʻmga koʻtarilib, 8 068,20 soʻmni tashkil qilgandi.

TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Markaziy bank 8 maydan eʼtiboran xorijiy valyutalarining oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi oʻtgan haftaga nisbatan 8,96 soʻmga kamayib, 8 059,24 soʻmni tashkil qildi.

Yevro kursi esa 146,26 soʻmga pasayib, 9 638,85 soʻmni tashkil qildi.

Shuningdek, Rossiya rubli ham 0,98 soʻmga tushib, 128,73 soʻmni tashkil etdi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala