Jamiyat

Prokuratura Toshkent viloyatidagi maktab-internatda oʻta qoʻpol qonunbuzilishlarni aniqladi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishShkolniki vo vremya peremenы, arxivnoye foto
Shkolniki vo vremya peremenы, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Maktab-internat mansabdor shaxslari va boshqa shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan Oqqoʻrgʻon tumanidagi 78-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati oʻrganilib, tekshirilganda oʻta qoʻpol qonunbuzilishi holatlari qayd etildi. Bu haqda Toshkent viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.

Kapelnitsa - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Prokuratura Toshkentdagi musobaqadan soʻng kikbokschining vafot etishi boʻyicha ish ochdi

Xabarda aytilishicha, tekshirish vaqtida maktab-internatda sanitariya-gigiyena qoidalariga umuman rioya qilinmaganligi maʼlum boʻldi.

Masalan, maktabgacha taʼlim guruhlari uchun alohida yotoqxonalar tashkil etilmagani, yotoqxonada yashovchi bolalarga yuvinish uchun sharoitlar yaratilmagani, hattoki taʼlim muassasasining 33 nafar xodimlari tibbiy koʻrikdan oʻtmasdan faoliyat koʻrsatib kelgan.

"Achinarlisi, koʻp yillardan buyon maktab-internat yotoqxonasida mavjud xojatxona nosoz holda boʻlib, bolalar undan sanitariya-gigiyena talablariga zid ravishda foydalanib kelayotganligi hamda zararsizlantiruvchi eritmalar taʼminoti yoʻqligi natijasida bir qancha tarbiyalanuvchilar teri-tanosil kasalliklariga chalinganligi barchani tashvishga solishi lozim. Taʼlim muassasasining mansabdor shaxslari tomonidan ushbu kasalliklarni erta aniqlash va bolalar kasallanishining oldini olish choralari koʻrilmasdan, aksincha, notoʻgʻri davolash ishlari oʻtkazilib, tibbiy meʼyorlarga mos boʻlmagan muolajalar olib borilgan", — deyilgan xabarda.

Lekarstvennыe sredstva - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkent aeroportida 10 ming dollarlik dori vositalari kontrabandasi aniqlandi

Bundan tashqari, taʼlim muassasasining 16 yoshli boshqa bir tarbiyalanuvchisi I.Sokolovning bir yarim oydan buyon dars mashgʻulotlariga qatnashmasdan bedarak yoʻqolganligi haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlariga xabar berilmagan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan maktab-internat mansabdor shaxslari va boshqa shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Dastlabki tergov davomida aniqlangan har bir qonun buzilishi holatiga qonuniy baho berilib, voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash va aybdor shaxslarni qonunda belgilangan javobgarlikka tortish choralari taʼminlanadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala