Sergeli yarmarkasining taqdiri bayramdan keyin hal qilinadi

Obuna bo‘lish
Bayram tadbirlaridan so‘ng tadbirkorlar va yaqin atrofda istiqomat qiluvchi aholini qiziqtirgan muammoni joyida hal qilish maqsadida shu tumanga Toshkent shahar yangi hokimi tashrif buyuradi.

TOShKENT, 7-may — Sputnik. Sergeli yarmarkasi kelajagi 9-maydan keyin hal qilinadi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

"Toshkent gerbi" o‘rniga Berdaq haykali o‘rnatiladi

2017 yil noyabr oyida hokim qaroriga ko‘ra, Sergeli tumanidagi yarmarkasi bosqichma-bosqich buzilishi boshlangandi.

Boshida dehqon bozori atrofi buzilib, sotuvchilar Sergeli-6 massiviga o‘tishdi. Bu qaror o‘sha paytda ma’lum bir shubha tug‘dirgandi, chunki Sergeli-6 transport infratuzilmasi bunga tayyor emas edi. Sergeli mashina bozor yaqinidagi ushbu tor yo‘l qismi bo‘ylab doimiy ravishda, ayniqsa dam olish kunlari katta tirbandliklar yuzaga kelayotgandi.

Ikkinchi bosqichda xususiy tadbirkorlarning savdo joylari buzilishi boshlagandi.

Yaqin kelajakda bu masalaga nuqta qo‘yiladi. Bayram tadbirlaridan so‘ng tadbirkorlar va yaqin atrofda istiqomat qiluvchi aholini qiziqtirgan muammoni joyida hal qilish maqsadida shu tumanga Toshkent shahar yangi hokimi tashrif buyuradi.

"Sergeli tuman hokimi vaziyatni joyida o‘rganish uchun shahar hokimini kelishini so‘radi. U yerda juda dolzarb masala. Bayramlarni o‘tkazib, u yerga boramiz va masala bilan joyida shug‘ullanamiz", — dedi Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Nodirjon Maksumov.

Yangiliklar lentasi
0