Jamiyat

"Toshkent gerbi" oʻrniga Berdaq haykali oʻrnatiladi

© Flickr / RamónVokzal v Tashkente
Vokzal v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkent hokimiyati Shimoliy vokzal qarshisidagi maydonga Berdaq haykalini oʻrnatish rejalashtirilayotganini xabar qildi.

TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Bir necha kun oldin olib tashlangan "Toshkent gerbi" monumenti oʻrniga qoraqalpoq shoiri Berdaq haykali oʻrnatilishi rejalashtirilmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Poytaxt hokimiyati xabariga koʻra, birinchi navbatda monument atrofidagi hudud obodonlashtiriladi, yoʻlaklar quriladi va favvoralar ishga tushiriladi. Keyin esa oldin Nukus koʻchasida boʻlgan qoraqalpoq shoiri Berdaq haykali qaytariladi.

Monument Gerb Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
“Toshkent gerbi” monumenti olib tashlandi

"Shimoliy vokzal roʻparasida Nukus koʻchasi bor, bu yerda bir vaqtlar qoraqalpoq shoiri Berdaq haykali oʻrnatilgan edi. Biz ushbu hududni obodonlashtirish va haykalni qaytarish haqida topshiriq oldik va ishlarni boshlab yubordik. Ish jarayonida biz ushbu hududning Nukus koʻchasi tomonini va vokzal tomonini birlashtirib yagona meʼmorchilik ansambli yaratish va uning atrofini obodonlashtirishga qaror qildik", — dedi hokimning sanoat va qurilish ishlari va kommunikatsiyalar boʻyicha birinchi oʻrinbosari Nadirjon Maksumov.

Bu yerdan olib tashlangan "Toshkent gerbi" monumentining kelajagi haqida hozircha hech narsa maʼlum emas.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala