TOSHKENT, 7 may — Sputnik. Rossiya prezidenti lavozimiga saylangan Vladimir Putin Katta Kreml saroyidagi inauguratsiya marosimida qasamyod keltirdi.
Putin oʻng qoʻlini Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasiga qoʻyib, qasamyod matnini qaytardi.
Qasamyoddan soʻng Vladimir Putin nutq soʻzladi.
Uning taʼkidlashicha, "xalq va Rossiya oldidagi juda katta masʼuliyatini tushunadi" va "mamlakat kelajagi tinch hamda farovon boʻlishi uchun barcha ishni" qiladi.
Prezident "insonlar va Vatanga xizmat qilishni" oʻz hayoti maqsadi deb atagan. Uning qayd etishicha, "Rossiya qudratli boʻladi, odamlar esa yaxshiroq yashay boshlaydi".
Davlatning asosiy istiqbolli vazifalari — taʼlim, sogʻliqni saqlash, ona va bolalarni himoya qilish deb hisoblashini alohida taʼkidlab oʻtadi.
Prezident rossiyaliklarga saylovlarda uning nomzodini qoʻllab-quvvatlashganligi uchun minnatdorlik bildirdi.
Marosimga besh mingdan ortiq mehmonlar tashrif buyurdi. Unda hukumat aʼzolari, Duma va Federatsiya Kengashi deputatlari, prezident maʼmuriyati rahbatlari, Konstitutsiya sudyalari, diplomatik korpus, sport va shou-biznes yulduzlari ishtirok etdi.
Qasamyoddan soʻng davlat rahbari Kremldagi maydonda Prezident polki paradini qabul qildi.