Paynet faoliyati to‘xtatilmaydi - XB

Obuna bo‘lish
Xalq banki "O‘zbekistonda PAYNET faoliyati to‘xtatiladi" mazmundagi xabarlarni aholini chalg‘ituvchi xabarlar deya ta’rifladi

TOShKENT, 8-may — Sputnik. O‘zbekiston Xalq banki ilgariroq tarqatilgan paynet faoliyati to‘xtatilishi haqidagi xabarlarga raddiya berdi.

Uzpaynet - Sputnik O‘zbekiston
Paynet faoliyati tugatiladi
"Internet tarmoqlarida "O‘zbekistonda PAYNET faoliyati to‘xtatiladi" mazmundagi aholini chalg‘ituvchi xabarlar tarqalmoqda. Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqinda imzolangan qaroriga ko‘ra, endilikda "UzPaynet" MChJ faoliyati to‘xtatilmay turib, Xalq banki tizimida Paynet savdo belgisi ostida o‘z faoliyatini aholiga yanada qulay tartibda davom ettiradi", — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bunda, faqatgina "UzPaynet" MChJning mulkchilik shakli o‘zgargan holda, uning barcha majburiyatlari Aksiyadorlik tijorat Xalq banki zimmasiga o‘tkaziladi. Ya’ni Xalq banki tomonidan Paynet orqali amalga oshirilayotgan to‘lov tizimi yanada takomillashtirilib, yangi zamonaviy xizmat turlari taklif etib boriladi.

"…bugungi kunda Paynet shoxobchalari orqali aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni endilikda Xalq banki filiallari, muassasalari hamda Paynet shoxobchalari orqali yanada kengroq, qulayroq tarzda ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi", — deb ta’kidlangan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0