O‘zbekistonda firibgarlar valyuta siyosatidan foydalanishga o‘tdi

© Sputnik / StringerUzbekskie denejnie znaki - sum
Uzbekskie denejnie znaki - sum - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noma’lum firibgarlar keksa yoshdagi kishilarga O‘zbekiston hududida AQSh dollarida muomala qilish cheklanishi munosabati bilan pensionerlarga imtiyoz yaratilganini va ularni uyiga borib, AQSh dollarini Yevro valyutasiga ayriboshlash ishlari yo‘lga qo‘yilganligini aytishmoqda

TOShKENT, 8-may — Sputnik. Firibgarlar endi O‘zbekiston ichki siyosatidagi o‘zgarishlardan foydalanishga o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati xabariga tayangan holda.

Xabarga ko‘ra, 6-may kuni Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahrida pensioner Z.Voloxova IIBga firibgarlarga uchragani yuzasidan murojaat qilgan.

Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda ikki firibgar 1 mln 750 ming dollarni o‘zlashtirib yubordi
Ma’lum bo‘lishicha, aprel oyining ikkinchi yarmida kunduz kuni ikki noma’lum shaxs (ulardan biri ayol) Toshkent shoh ko‘chasida joylashgan "Fitnes klubi" oldida pensioner ayolga o‘zlarini bank xodimlari deb tanishtirib, yaqin kunlarda O‘zbekiston hududida AQSh dollarida muomala qilish cheklanishi munosabati bilan pensionerlarga imtiyoz yaratilganini aytishgan va ularni uyiga borib, AQSh dollarini Yevro valyutasiga ayriboshlayotganliklarini aytishgan.

So‘ngra ayolni ishonchiga kirib, 400 AQSh dollari va 50 ming so‘m pulini olib, unga konvertga solingan 200 Yevro valyutasi ko‘rinishidagi qalbaki pullarni berib ketishgan.

O‘zbekiston IIV ayni vaqtda ushbu jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxslarni aniqlash va ushlash choralari ko‘rgan.

"Holat yuzasidan kimda kim biror bir ma’lumotga ega bo‘lsa, 102 telefon raqamiga yoki joylardagi profilaktik inspektorlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0