Toshkent aeroportida bolalar uchun o‘yin maydonchasi tashkil etiladi

© Press-slujba prezidenta TatarstanaMejdunarodniy aeroport Tashkenta
Mejdunarodniy aeroport Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent xalqaro aeroporti ma’muriyati bolalar o‘yin maydonchasi tashkil etish bo‘yicha takliflar tanlovini e’lon qildi

TOShKENT, 8-may — Sputnik. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti ma’muriyati xalqaro parvozlar aerovokzalida bolalar o‘yin maydonchasi tashkil etish bo‘yicha eng yaxshi taklif tanlovini e’lon qildi.

Aeroportda - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent aeroportida tekshiruvlar vaqti 1,5 soatga qisqardi

O‘yin maydonchasi eng kamida quyidagi talablarga javob berishi lozim: maydoni 20-40 kvadrat metr bo‘lishi, zaldan yengil, xavfsiz to‘siqlar bilan ajratilishi, poli xavfsiz gilam qoplamasi bilan qoplanishi, 3 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun turli xildagi xavfsiz o‘yinchoq va kompozitsiyalar mavjud bo‘lishi.

Buyurtmachi har qanday taklif va boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqadi.

Tanlovda bozorda kamida uch yildan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan, mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha mahalliy tashkilotlar qatnashishi mumkin. Ular mazkur xizmatlar sohasida tajribaga va malakali xodimlarga ega bo‘lishlari shart.

Takliflar 16-may soat 16ga qadar qabul qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0