Sirdaryodagi gaz quyish shoxobchasida "Neksiya"ning gaz balloni portladi

© Foto : dangquocbuuPribornaya panel
Pribornaya panel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gaz to‘ldirilayotgan vaqtda gaz balloni yorilib ketishi natijasida mashina texnik shikastlangan.

TOShKENT, 8-may — Sputnik. Sirdaryo tumanidagi gaz quyish shaxobchalaridan birida "Neksiya" avtomashinasining gaz balloni yorilib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, voqea 7-may kuni Sirdaryo tumanidagi Bunyodkor mahallasi hududida joylashgan "Trans-kuch-servis" MChJga qarashli avtomashinalarga gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan.

Gaz to‘ldirilayotgan vaqtda gaz balloni yorilib ketishi natijasida mashina texnik shikastlangan.

Xabarda voqea oqibatida hech kim jarohat olmagani ma’lum qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0