O‘zbekiston va Qirg‘iziston yangi chegara o‘tkazish punktlarini ochish masalasini ko‘rib chiqdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining yig‘ilishida davlatlararo chegaraning qolgan uchastkalarni tavsiflash bo‘yicha ish davom ettirildi.

TOShKENT, 8-may — Sputnik. 2018-yilning 2-8 may kunlari Jalolobod shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

"Muzokaralarda davlatlararo chegaraning qolgan uchastkalarni tavsiflash bo‘yicha ish davom ettirildi. Ikki mamlakat chegara hududlari aholisi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tomonlar yangi chegara o‘tkazish punktlarini ochish masalasini ham ko‘rib chiqdilar", — deyiladi xabarda.

Avvalroq O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara idoralari ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar rivojlanishi sharoitida chegarada o‘zini qanday tutish qoidalarining yangi tahririni tasdiqlagani xabar qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0