Toshkentda general Sobir Rahimov haykali poyiga gulchambar qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozlojeniye tsvetov k pamyatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboronы RU
Vozlojeniye tsvetov k pamyatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboronы RU - Sputnik Oʻzbekiston
Oradan sakkiz yil oʻtib oʻz joyiga qaytarilgan general Sobir Rahimov haykali poyiga gulchambar qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi

TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Bugun Toshkent shahrida oʻz davrining "temir generali" deb nom qozongan Sobir Rahimov haykali poyiga gulchambar qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi tadbirda ishtirok etgan Sputnik Oʻzbekiston foto-muxbiri Ramiz Baxtiyarov.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozlojeniye tsvetov k pamyatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboronы RU
Vozlojeniye tsvetov k pamyatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboronы RU - Sputnik Oʻzbekiston
Vozlojeniye tsvetov k pamyatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboronы RU

Haykal poyiga gulchambar qoʻyish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov, Toshkent shahrining yangi tayinlangan hokimi Jahongir Atikxodjayev, Mudofaa vazirligi faxriylari, Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari va maktab oʻquvchilari ishtirok etishdi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozlojeniye tsvetov pamyatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboronы R Uz
Vozlojeniye tsvetov pamyatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboronы R Uz - Sputnik Oʻzbekiston
Vozlojeniye tsvetov pamyatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboronы R Uz

Ilgariroq 2011 yilda Toshkentdagi Gʻafur Gʻulom istirohat bogʻiga koʻchirilgan general Sobir Raximov xaykali avvalgi joyiga kaytarilishi haqida xabar bergan edik. Bu haqda Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni Namangan viloyati Norin tumanida bulib utgan yigʻilishda maʼlum qilgan edi.

Vozlojeniye tsvetov pamyatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboronы R Uz - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
General Sobir Rahimov haykali oldingi joyiga qaytariladi

Eslatib oʻtamiz, Sobir Raximov tumani 1970 yilda tashkil qilingan, general Sobir Rahimov haykali esa tuman hokimiyati binosi qarshisida 1981 yilda ochilgan edi. 2010 yilda tuman va metro bekati nomi "Sobir Raximov"dan "Olmazor" deb oʻzgartirilgan edi.

Tuman nomini oʻzgartirishga matbuotda chop etilgan bir necha maqolalar sabab boʻlgan, xususan, tuman vakllari va olimlar jamoatchilik fikriga asoslanib, tumanga tarixiy nomini qaytarishni yoqlab chiqishgan.

Sobir Raximov 1902 yilda Toshkentda tugʻilgan. 1941-1945 yillarda janglarda ishtirok etgan, bir necha bor yaralangan. 1944 yilda ikkinchi Belorus frontining 65 armiyasi 37-gvardiyachi oʻqchi diviziya qoʻmondoni etib tayinlangan.

General Sobir Raximov 1945 yilning mart oyida janglarda qurbon boʻlgan. Sobir Raximov Toshkentda dafn etilgan. 1965 yilda unga Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni berilgan.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozlojeniye tsvetov k pamyatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboronы RU
Vozlojeniye tsvetov k pamyatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboronы RU - Sputnik Oʻzbekiston
Vozlojeniye tsvetov k pamyatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboronы RU

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala