Toshkentda general Sobir Rahimov haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozlojenie svetov k pamatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboroni RU
Vozlojenie svetov k pamatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboroni RU - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oradan sakkiz yil o‘tib o‘z joyiga qaytarilgan general Sobir Rahimov haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 8-may — Sputnik. Bugun Toshkent shahrida o‘z davrining "temir generali" deb nom qozongan Sobir Rahimov haykali poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi tadbirda ishtirok etgan Sputnik O‘zbekiston foto-muxbiri Ramiz Baxtiyarov.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozlojenie svetov k pamatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboroni RU
Vozlojenie svetov k pamatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboroni RU - Sputnik O‘zbekiston
Vozlojenie svetov k pamatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboroni RU

Haykal poyiga gulchambar qo‘yish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov, Toshkent shahrining yangi tayinlangan hokimi Jahongir Atikxodjayev, Mudofaa vazirligi faxriylari, Qurolli Kuchlar akademiyasi kursantlari va maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozlojenie svetov pamatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboroni R Uz
Vozlojenie svetov pamatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboroni R Uz - Sputnik O‘zbekiston
Vozlojenie svetov pamatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboroni R Uz

Ilgariroq 2011-yilda Toshkentdagi G‘afur G‘ulom istirohat bog‘iga ko‘chirilgan general Sobir Raximov xaykali avvalgi joyiga kaytarilishi haqida xabar bergan edik. Bu haqda O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Namangan viloyati Norin tumanida bulib utgan yig‘ilishda ma’lum qilgan edi.

Vozlojenie svetov pamatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboroni R Uz - Sputnik O‘zbekiston
General Sobir Rahimov haykali oldingi joyiga qaytariladi

Eslatib o‘tamiz, Sobir Raximov tumani 1970-yilda tashkil qilingan, general Sobir Rahimov haykali esa tuman hokimiyati binosi qarshisida 1981-yilda ochilgan edi. 2010-yilda tuman va metro bekati nomi "Sobir Raximov"dan "Olmazor" deb o‘zgartirilgan edi.

Tuman nomini o‘zgartirishga matbuotda chop etilgan bir necha maqolalar sabab bo‘lgan, xususan, tuman vakllari va olimlar jamoatchilik fikriga asoslanib, tumanga tarixiy nomini qaytarishni yoqlab chiqishgan.

Sobir Raximov 1902-yilda Toshkentda tug‘ilgan. 1941-1945 yillarda janglarda ishtirok etgan, bir necha bor yaralangan. 1944-yilda ikkinchi Belorus frontining 65 armiyasi 37-gvardiyachi o‘qchi diviziya qo‘mondoni etib tayinlangan.

General Sobir Raximov 1945-yilning mart oyida janglarda qurbon bo‘lgan. Sobir Raximov Toshkentda dafn etilgan. 1965-yilda unga Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni berilgan.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozlojenie svetov k pamatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboroni RU
Vozlojenie svetov k pamatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboroni RU - Sputnik O‘zbekiston
Vozlojenie svetov k pamatniku generalu S. Raximovu, Ministerstvo oboroni RU

Yangiliklar lentasi
0